1

Eng ko`p o`rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa Namanganda qayd etildi

Iqtisodiyot 16.07.2018, 10:00
Eng ko`p o`rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa Namanganda qayd etildi

2018 yil yanvar-iyun oylarida O`zbekistonda o`rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida qayd etildi, deb ma`lum qildi Davlat statistika qo`mitasi.

Ma`lumot berilishicha, Toshkent shahrida o`rtacha oylik ish haqi miqdori 2 252,1 ming so`mni tashkil etgan bo`lib, respublikadagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan 140 %ga ko`pdir.

Navoiy viloyatida bu miqdor 2 153 ming so`mni (133,8 %) va Toshkent viloyatida 1 768,5 ming so`mni (109,9 %) tashkil etgan.

Bu ko`rsatkich Namangan viloyatida 1 263,3 ming so`mni (78,5 %), Samarqand viloyatida 1 273,6 ming so`mni (79,2 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo`lgan.

Statistika qo`mitasining tahliliga ko`ra, 2018 yil yanvar-iyun oylarida O`zbekistonda o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming so`mni tashkil etgan. Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar, kompensasiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to`lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig`i, ijtimoiy sug`urta va kasaba uyushmasiga to`lovlar ham mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1