1 sentyabrdan O`zbekiston OTMlarida kontrakt miqdori oshadi

Jamiyat 10.07.2018, 11:49
1 sentyabrdan O`zbekiston OTMlarida kontrakt miqdori oshadi

OTMlardagi to`lov-kontrakt narxlari endi eng kam oylik ish haqiga bog`langan bo`ladi. Bu degani endi har safar ish haqlari ko`tarilsa, kontrakt narxi ham keyingi semestrdan oshadi, deb xabar beradi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev Telegram kanalida.

Qayd etilishicha, 1 sentyabrdan to`lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi.

Bakalavrda:

eng arzon kontrakt - 45 barobar, ya`ni 8 mln 293 ming 500 so`m (ilgari 6 mln 650 ming);

eng qimmat kontrakt - 60 barobar, ya`ni 11 mln 58 ming so`m (ilgari 9 mln 850 ming).

Magistraturada:

eng arzon kontrakt - 49 barobar, ya`ni 9 mln 30 ming 700 so`m (ilgari 7 mln 210 ming);

eng qimmat kontrakt - 66 barobar, ya`ni 12 mln 163 ming 800 so`m (ilgari 10 mln 830 ming).

Maxsus sirtqida:

eng arzon kontrakt - 15 barobar, ya`ni 2 mln 764 ming 500 so`m (ilgari 2 mln 220 ming);

eng qimmat kontrakt - 27 barobar, ya`ni 4 mln 976 ming 100 so`m (ilgari 3 mln 110 ming).

Kunduzgi sirtqida:

eng arzon kontrakt - 49 barobar, ya`ni 9 mln 30 ming 700 so`m;

eng qimmat kontrakt - 66 barobar, ya`ni 12 mln 163 ming 800 so`m.

Ikkinchi mutaxassislikda (17/18 o`quv yilida kirganlar uchun):

eng arzon kontrakt - 25 barobar, ya`ni 4 mln. 607 ming 500 so`m;

eng qimmat kontrakt - 33 barobar, ya`ni 6 mln 81 ming 900 so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1