Navoiydagi eng tarixiy gilam qaerda saqlanadi?

Moziydan sado 09.07.2018, 15:04
Navoiydagi eng tarixiy gilam qaerda saqlanadi?

O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan muzeylar va xonadonlarda saqlanayotgan qadimiy gilamlar tarixi o`rganilmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizda ham partiya mutaxassislari tomonidan o`rganish ishlari amalga oshirilayapti.

Siz suratda ko`rib turgan mazkur gilam viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanayotgan bo`lib, u “kigiz gilam” deb yuritiladi. XX asrning 40 yillariga tegishli ushbu gilam Konimex hududiga qarashli. Undan o`tovlar ustini qoplashda foydalanishgan. Gilam suv va nam o`tkazmaslik xususiyatiga ega bo`lib, qishloq joylarda ular pol qilinmagan xonalarga to`shalgan. Hozirda ham aholi bu kabi gilamlardan keng foydalanadi.

O`rganish ishlari davom etmoqda. Tez orada vohadagi eng qadimiy gilam qaerda saqlanayotgani aniqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1