1

Iyun oyida Rossiyada birorta ham Ravon avtomobili sotilmadi

Iqtisodiyot 06.07.2018, 14:30
Iyun oyida Rossiyada birorta ham Ravon avtomobili sotilmadi

2018 yil RF avtobozori hisobot oyida 10,8 foizga oshgan bo`lsa-da, iyun oyida O`zbekistonning Ravon avtomobil brendi Rossiyada birorta ham avtomobil sota olmadi. Bu haqda Evropa biznesi Assosiasiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo`mitasining yangi hisobotida ma`lum qilingan.

Hisobotda ta`kidlanishicha, eng ko`p mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidir. Shu bilan birga, 2018 yil iyun oyida avtomobillar savdosining 10,8 foizga o`sishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 15 261 ona avtomobil ko`proq sotilgan, jami 156 351tani tashkil etgan.

2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami 849 221 ta avtomobil sotilgani qayd etilgan.

Qayd etilishicha, O`zbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida o`z o`rnini yo`qotgan. U top-25 talikka ham kira olmagan. O`tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 239 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo`lgan bo`lsa, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184 ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1