Taniqli Bollivud aktyorlari Saif Ali Xon va Karina Kapurning ismi tufayli katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan farzandi Temur Ali Xon hozirdanoq mashhur, deb yozmoqda "Kunutun" nashri.
Boshqa mashhurlardan farqli ravishda bu oila hech qachon o`z farzandini muxlislaridan bekitmagan. Karina va Saif Ali o`g`illarining fotosuratini tug`ilishi bilan internet tarmog`iga joylagan oilalardan biri. Uning ismi o`sha vaqtda katta munozaralarga sabab bo`lgan edi.
Saif Ali Xonning tarixga qiziqishini bilgan ko`pchilik farzandiga Sohibqiron Amir Temurning ismini berganligini tahmin qilganlar.
Bu kino ijodkorlarning muxlislari kichkintoyning katta bo`lishini internet orqali kuzatib borish imkoniga egalar. Chunki Karina Kapur doimiy ravishda farzandining fotosuratlari va videolari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bo`lishib turadi.
Mashhur hind aktrisasi Sharmila Tagorning so`zlariga ko`ra, o`g`li Saif Ali Xonning farzandi Temur Ali Xon mashhurlikda undan o`zib ketgan.
25.04.2024, 07:33
Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...01.04.2024, 16:31
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...21.02.2024, 17:28
Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...13.02.2024, 09:36
Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...