1

Issiq kunda muzqaymoqdan tiyilish kerakmi?

Salomatlik 04.07.2018, 14:48
Issiq kunda muzqaymoqdan tiyilish kerakmi?

Biz kattalar doim bolalarimizni “Muzqaymoq olib bering”, degan xarxashalariga “Tomog`ing og`rib, tishing shamollab qoladi. Shuning uchun olib bermayman!”, degan bahonalarni qilamiz. Aslida ham shundaymi? Nega ushbu shirinlikni ko`p iste`mol qiluvchi kattalarda bu og`riqlar borasida muammo paydo bo`lmaydi?

Agar bolangizning oshqozoni ovqatlarni qiynalmasdan engil hazm qilsa, bunda hech ikkilanmasdan unga muzqaymoq olib berishingiz mumkin. Ammo bir tomoni bor: 6-7 yoshgacha bo`lgan bolalar immuniteti biroz kuchsizligi uchun ularga muzqaymoqni muz holatida emas, eritilgan holda berish kerak. Unga murabbo yoki shunga o`xshash vitaminga boy shirinliklar qo`shib berilsa bola uchun yanada foydali bo`ladi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, kishilar muzqaymoqni issiq havoda, terlab turgan holatida esa, uning nafaqat tomog`i og`ib qolishi va oshqozon-ichak faoliyati shamollab, ishdan chiqishi mumkin. Natijada tana harorati ko`tarilib, isitma qilish xavfi kuchayishiga olib keladi. Bunday holatda kattalar uchun ham muzqaymoqni iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.

Hamma muzqaymoqlar ham kishi parhezining buzilishiga olib kelmaydi. To`g`ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilishni xohlagan kishi ovqatdan so`ng umuman muzqaymoq emasligi lozim. Ammo yog` va uglevodsiz, mevali muzqaymoqlar bundan mustasno. Qandli diabet alomati bor kishilarga ushbu shirinlik iste`mol qilish cheklanadi. Shakarsiz ko`rinishlarini eyishlari mumkin. Ammo O`zbekistonda shakarsiz, achchiq va sho`r muzqaymoqlar uchramaydi. Xitoyda, Hindistonda va ko`plab Evropa mamlakatlarida go`sht, sarimsoq, va hatto sakkizoyoq siyohi ta`mdagi muzqaymoqlar sotilmoqda. Ular shirin bo`lmasa ham kishiga yoqimli ta`m va kayfiyat baxsh etadi.

Issiqda ko`p bor guvohi bo`lgansiz, chanqab turgan paytlaringiz darmon istab ushbu shirinlikni iste`mol qilasiz. Ammo tarkibida shakar miqdori ko`p bo`lganligi uchun egulik odamning chanqog`ini qondirishga emas teskari ta`sir ko`rsatadi.

Muzqaymoq tarkibida ham sut mahsulotlari bo`lganligi uchun uni sutli mahsulotlar bilan iste`mol qilish taqiqlangan eguliklar bilan tanavvul qilmaslik maqsadga muvofiq.

Muzqaymoq eganingizda og`zingizdan yoqimsiz his tuysangiz, demak, sizning, tishlaringizda muammo bor yoki oshqozoningizga bundan oldin eyilgan muzqaymoqlar katta salbiy ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun och qoringa ushbu shirinlikni eyish, issiq ovqat, choy yoki kofedan keyin darhol muzqaymoq iste`mol qilish tish emalida darzlar paydo bo`lishiga olib keladi. Muzqaymoqlar uzoq muddat og`izda chaynab iste`mol qilinmagani uchungina tishlarga aytarli zarar keltirmaydi.

De`tologlarning ta`kidlashicha klassik muzqaymoqlar - hech qanday meva va kakaosiz sof sut va qaymoq aralashmalaridan tayyorlangan muzqaymoqlar sog`lik uchun eng foydali hisoblanar ekan. Shuning uchun ularni har qanday havo sharoitida iste`mol qilinsa-da sog`lik uchun ziyoni yo`q.

Dilobar Asliddin qizi, O`zA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1