1

O`zbekistonda 15 iyuldan eng kam ish haqi miqdori oshirilishi mumkin

Jamiyat 02.07.2018, 16:40
O`zbekistonda 15 iyuldan eng kam ish haqi miqdori oshirilishi mumkin

O`zbekistonda 15 iyuldan eng kam ish haqi miqdori taxminan 7 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston iqtisodiyot vaziri o`rinbosari Mubin Mirzaev «Gazeta.uz»ga ma`lum qildi.

Mubin Mirzaev 2017 yil dekabrida bergan intervyusida O`zbekistonda ish haqining inflyasiya oqibatida yo`qotilgan qismini har olti oyda kompensasiya qilish tizimi joriy etilishi, ish haqining o`sish sur`atlari inflyasiya darajasidan past bo`lmasligini ma`lum qilgan edi.

Xalqaro press-klubning 2 iyul, dushanba kuni bo`lib o`tgan navbatdagi anjumanida O`zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov 2018 yil birinchi yarim yilligida inflyasiya 6,2 foizni tashkil etganini ma`lum qildi.

«Ilk bor prognoz ko`rsatkichlarga erishildi va Xalqaro valyuta jamg`armasi (XVJ) ushbu raqamlarni shubha ostiga olmadi. Bungacha XVJ bizning baholashlarimizni hech qabul qilmagan», — deya tan oldi Moliya vazirligi rahbari.

Shunday qilib, eng kam ish haqining kutilayotgan indeksasiyasi (taxminan 7 foiz) birinchi yarim yillikdagi inflyasiya darajasi (6,2 foiz)dan yuqori bo`ladi.

Mubin Mirzaevning ta`kidlashicha, yil oxirida ish haqi — ikkinchi yarim yillikdagi inflyasiya darajasidan kelib chiqib — yana bir bor indeksasiya qilinadi. «Bu byudjetda ko`zda tutilgan», — deb aytgan u.

Ma`lumot uchun, hozirda O`zbekistonda eng kam oylik ish haqi miqdori — 172 240 so`mni tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1