Toshkent metrosidagi ikkita stansiyada Wi-Fi xizmati yo`lga qo`yildi

Jamiyat 18.06.2018, 12:49
Toshkent metrosidagi ikkita stansiyada Wi-Fi xizmati yo`lga qo`yildi

Toshkent metropolitenining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” stansiyalarida Wi-Fi xizmati sinov tariqasida ishga tushirildi.

Repost.uzning yozishicha, hozircha internet tashqi saytlarga ulana olmaydi. Yo`lovchilar simsiz tarmoq orqali faqat metropoliten resurslari bilan tanishishlari mumkin. Ular o`z ichiga kitoblar, musiqalar va foydali axborotlarni qamrab olgan.

Xabar berilishicha, kelgusida OAV manbalaridan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. O`zbekistonni diqqatga sazovor joylari haqida ma`lumot beruvchi elektron gidlar joriy etiladi. Sinov rejimi Mustaqillik kuni nihoyasiga etadi. Yana bir yangilik: erosti yo`lida uyali aloqa tizimi ham paydo bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1