1

Vaqf xayriya jamoat fondi 62 million so`mdan oshiq zakot mablag`larini o`z egalariga etkazdi

Jamiyat 16.06.2018, 10:39
Vaqf xayriya jamoat fondi 62 million so`mdan oshiq zakot mablag`larini o`z egalariga etkazdi

Vaqf xayriya jamoat fondi 14-15 iyun kunlari operasiya qilish kerak bo`lgan og`ir bemorlarga, uy joyi yo`q moddiy yordamga muhtoj oilalarga, ko`p bolali daromadi yo`q oilalarga, farzandi yoki yaqin insoni jazoni ijro etish muassasasida bo`lgan jami hisobda 43 ta oilaga fondning zakot, fitr, ushr, fidya hisob raqamidan 62 200 so`mlik yordam ko`rsatildi.

Undan tashqari fondning Farg`ona, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo vakilliklari moddiy yordamga muhtoj hamda bemor bo`lgan 80dan oshiq oilalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak ulashdilar.

Fond boshqari rahbari boshchiligida Olmazor tumanidagi muhtoj va bemori bor xonadonlarning holidan xabar olindi.

Zakot mablag`larini o`z egalariga etkazish ishlari davom etmoqda.

Qayd etish kerak, 14 iyun kuni fondga kelib tushgan mablag`lar yarim milliarddan oshgani xabar qilingan edi.

Eslatib o`tamiz, «Vaqf» xayriya jamoat fondi O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5416-son Farmoni bo`yicha tashkil etilgan bo`lib u o`z oldiga masjidlar va diniy ta`lim muassasalarining binolarini qurish, ta`mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o`quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo`ygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1