Ufada o`zbek xonandasi "Yakkaxon-vokalchi" yo`nalishida g`olib bo`ldi

Shou-biznes 12.06.2018, 16:06
Ufada o`zbek xonandasi "Yakkaxon-vokalchi" yo`nalishida g`olib bo`ldi

Boshqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa shahrida “Ural mono – 2018” xalqaro yoshlar festival-tanlovi bo`lib o`tdi.


Rossiya federasiyasi, Turkiya, O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Dog`iston, Oltoy, Tatariston, Boshqirdiston, Saxa va Tiva Respublikalari, Moskva hamda Astraxan viloyatlarining saralab olingan yoshlari o`z mahoratlarini ko`rsatgan tanlovda O`zbekiston vakili, iste`dodli xonanda Aziz Yo`ldoshev ham ishtirok etib, u "Yakkaxon-vokalchi" yo`nalishida uchinchi o`rinni egalladi.


Eslatib o`tamiz, Aziz Yo`ldoshev "Navo" telekanalidagi "Boshqacha LIVE" loyihasining birinchi mavsumida "Eng ko`p muxlislar e`tirofiga sazovor bo`lgan xonanda" nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgandi.


"Ural mono - 2018" xalqaro yoshlar festival-talovida xonandaga jurnalist Oybek Aliev hamrohlik qildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1