1

Afsonaviy «Setora»dan kutilmagan hazilomuz tarona (video)

Shou-biznes 06.06.2018, 15:24
Afsonaviy «Setora»dan kutilmagan hazilomuz tarona (video)

Afsonaviy «Setora»dan kutilmagan qaytish. O`z tarixiga ega yangi tarona.

Mazkur tarona 13 yil avval yaratilgan. Ba`zi sabablar tufayli qo`shiq efir yuzini endi ko`rdi, deb yozadi «Kunutun» nashri.

Mazkur tarona 13 yil avval yaratilgan bo`lib, ba`zi sabablarga ko`ra endi efir yuzini ko`rish nasib etdi. Qo`shiq guruh a`zosi Kamilla Xo`jaeva g`oyasi asosida taniqli ijodkor Ilhom Yo`lchiev (DJ Piligrim) tomonidan yozilgan. Musiqiy sayqal ustida Igor Elizov ish olib borgan.

Klip mavzusiga to`xtaladigan bo`lsak, unda doim dolzarb bo`lgan yo`l qoidasi, haydovchilar va piyodalarning yo`lda o`zini tutish madaniyati ko`tarilgan. Klip bosh qahramoni sifatida o`zbek xalqining sevimli qahramoni Nasriddin Afandi tanlangan. Multimplikasion janrda yaratilgan klip ssenariysi taniqli ssenarist Madina Mo`minova tomonidan yozilgan bo`lib, dialoglar muallifi barchaga yaxshi tanish, aktyor Akbarxo`ja Rasulov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1