1

​Hosila Rahimova: “SAFAR OLDI HAYaJONIM IKKI KARRA KO`P, ChUNKI...”

Jamiyat 31.05.2018, 10:59
​Hosila Rahimova: “SAFAR OLDI HAYaJONIM IKKI KARRA KO`P, ChUNKI...”

“O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongress doirasida o`zbek san`at ustalari ijrosida konsert dasturi ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Ushbu madaniy anjumanda O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Hosila Rahimova kabi mashhur san`atkorlarimiz ham qatnashishadi. Biz esa safar oldidan Hosila Rahimova bilan suxbatlashishga qaror qildik.

Hosila Rahimova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist:

— Birinchi navbatda meni “ O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” nomli kongressga taklif qilishganidan juda hursand bo`ldim. O`zbekiston madaniyatini chet elda namoyish etish men kabi boshqa san`atkorlar uchun ham katta sharaf, nazarimda.

Bilasizmi, aslida bu anjumanga bejizga meni ham taklif qilishmadi, deb o`ylayman. Chunki mening ham tanlagan ijod yo`lim qaysidir ma`noda tarixga borib taqaladi. Zero, o`zbek folklor qo`shiqlarining ijrosi bilan ota-bobolarimizdan meros qolgan musiqiy yo`nalishni ommalashtirish ijodiy faoliyatimdagi ulkan maqsadlarimdan biri bo`lib kelgan. Dunyoning turli chekkalaridan kelgan mehmonlar qarshisida milliy musiqamizni ko`rsatish esa o`ziga yarasha mas`uliyatli vazifadir. Shuning uchun bo`lsa kerak, bugun safar oldi hayajonim ikki karra ko`proq. Ammo hammasi ko`ngildagidek o`tishiga ishonchim komil. Axir bizning tariximiz, madaniyatimizni dunyo tanib, tan olib kelgan. Uchrashuvda hali bunga yana bir karra amin bo`lamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1