1

Javohir Zokirova Boeing-757 samolyotining 101-reysida nima jasorat ko`rsatdi? (foto)

Shou-biznes 28.05.2018, 15:48
 Javohir Zokirova Boeing-757 samolyotining 101-reysida nima jasorat ko`rsatdi? (foto)

«O`zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissyor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbaev tomonidan suratga olinayotgan «101-reys» filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.


Film prodyuseri Ravshan Norbaev hamda rejissyor Akrom Shaxnazarov operatorlar Hasan va Husan Atabaevlar, montaj rejissyori Nina Sherkulova hamda bosh rassom Alisher To`laboevlar bilan ikki oydan buyon suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rishmoqda.

Filmga 200 dan ortiq professional hamda maxsus tayyorgarlikka ega havaskor aktyor va aktrisalar jalb qilinishi rejalashtirilgan.


Film bosh qahramoni Zarxo`ja Saidazimov roliga o`n beshga yaqin professional aktyorlardan foto hamda video sinovlar o`tkazildi. Bosh qahramonni qaysi aktyor gavdalantirishi borasida hali ham aniq to`xtamga kelingani yo`q.

Rejissyor bosh qahramon roli uchun aniq to`xtamga kelolmayotgani sababini quyidagicha izohladi.


— Bir yildan buyon O`zbekiston qahramoni Zarxo`ja Saidazimovning tashqi va ichki dunyosini o`rganib yurganim bois, har tomonlama kuchli, ham tashqi ko`rinish, ham xarakteri jihatdan ularning obrazini yaratib beradigan aktyor, qahramon qidirmoqdamiz. Filmimiz texnik tomonidan murakkab bo`lganligi uchun, o`rganadigan elementlari, texnik amallari va faktlari ko`pligi sababli tayyorgarlik ishlari hamda kasting jarayonlari cho`zilmoqda. Qahramonimiz ellik yoshda bo`lishi kerak, bizga ma`qul bo`lganlar yoki qirq yoshlar atrofida yoki 65-70 yoshlarda bo`lib chiqmoqda. Ellik yoshda bo`lgan professional hamda havaskor aktyorlarni kasting qilishda davom etmoqdamiz. Ushbu talablarimizga javob bera oladigan barchani kastingda kutib qolamiz.


Suratga olish ishlari 2018-yilning iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Film ijodkorlari mahoratli aktyor Javohir Zokirov ishtirokida «101-reys» filmining ilk tizerini e`lon qilishdi.


«101-reys» badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo`lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan «O`zbekiston havo yo`llari» aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko`rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1