O`zbek xonandasi uchinchi bor ona bo`ldi

Shou-biznes 28.05.2018, 15:12
O`zbek xonandasi uchinchi bor ona bo`ldi

Xonanda Xadicha uchinchi bor ona bo`lish baxtiga musharraf bo`ldi. U farzandiga yaxshi niyatlar bilan Islombek deb ism qo`ygani haqida ma`lumot bermoqda...

Eslatib o`tamiz, xonandaning Mehran va Imran ismli shirindan-shakar o`g`illari ham bor.

Yakkaxon konsert dasturidan so`ng “O`zbekkonsert” tomonidan lisenziyasi bekor qilingan va bir muddat oynayi jahonda ko`rinmay qolgan xonanda quvonchli yangilikni oshkor etib, yangi qo`shiqlarni ketma-ketlikda taqdim etmoqda.

- Konsert payti homilador edim, buning ustiga repetisiyalar sabab davlat tadbirlarida ishtirok etolmadim. Shu bois, bir muddat lizensiyamni bekor qilishdi. Ammo bu holat kayfiyatimga ta`sir etmadi! E`tiborimni faqat sog`lig`im, tug`ilajak farzandim va oila a`zolarimga qaratdim. Shukrki, farzandli bo`lgach, yana ijodimni davom ettirayapman, - deydi xonanda.

Xadichaning noyabr oyida bo`lib o`tgan “Bir go`zal” nomli konsert dasturi internet tarmog`iga joylashtirildi. Yaqin kunlarda DVD ko`rinishida ham muxlislarga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1