1

O`zbek xonandalari nimadan havotirda?

Shou-biznes 25.05.2018, 09:06
O`zbek xonandalari nimadan havotirda?

“O`zbekkonsert” Davlat muassasasida “To`y-hashamlarda konsert-tomosha xizmatini ko`rsatishni qonunchilik va milliy qadriyatlar asosida tartibga solish muammolari: amaliyot va istiqboldagi vazifalar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi...

To`ylar mavsumida ancha katta o`zgarishlar kutilayotgan bir paytda, tabiiyki, san`atkorlar masalasi ham qayta ko`rib chiqildi.

San`atkorlarga to`lanadigan haq haddan ziyod yuqorilab borayotgani aholining jiddiy e`tirozlariga sabab bo`lyapti.

Yig`ilish davomida san`atkorlar mazkur mavzu borasida o`zining fikrlarini bildirib o`tishdi...

Nasiba Abdullaeva, O`zbekiston xalq artisti: — To`ylarda bitta san`atkor bo`lsin, degan taklifni bir million aholi berayotgani qolgan o`ttiz million aholining fikri emas-ku.

El suygan san`atkor, ko`pchilik hamkasblarining tilida “aylangan” e`tirozli munosabatni gapirib so`z boshladi. Uning hamkasblari, Abduhoshim Ismoilov, Rashid Xoliqov, Dilso`z singari xonandalar ustoz san`atkorning gapiga qo`shildi.

Uchrashuv davomida, “To`ylar bo`lmasa, san`atkor qaerdan pul topadi?” degan fikr va mulohazalar ham bo`lganini alohida aytib o`tish lozim. Ammo bo`lib o`tgan davra suhbatidan olingan xulosalar haqida gapirishga biroz erta. Natijasini kutamiz... Va yakuniy fikrlar tez kunlarda e`lon qilamiz...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1