1

Olimlar saraton kelib chiqishining eng asosiy sabablarini ma`lum qilishdi

Salomatlik 01.05.2018, 16:33
Olimlar saraton kelib chiqishining eng asosiy sabablarini ma`lum qilishdi

Buyuk Britaniyaning London va Lids universitetlari olimlari tomonidan saraton kelib chiqishining eng asosiy sabablarini ma`lum qilindi.

Ilmiy tadqiqot natijalari “European Journal of Cancer” ilmiy nashrida chop etildi.

Mutaxassislar buni aniqlash uchun o`ziga xos so`rov o`tkazishdi. Tadqiqotda 1330 nafar fuqaro ishtirok etdi. Respondentlarning 43 foizi saraton siqilishdan, 40 foizi esa kasallikni oziq-ovqat qo`shimchalari keltirib chiqaradi, degan fikrni bildirdi. Ishtirokchilarning 35 foizi elektr to`lqinli nurlanish mazkur xastalikni chaqirishini aytib o`tgan. Shundan 19 foizi mikroto`lqinli pechlardan foydalanishni zarar, deb hisoblaydi.

Saratonga chalinmaslik uchun qatnashchilarning 35 foizi geni modifikasiyalangan taomlar iste`mol qilmasligi, 15 foizi esa plastik idishdan suv ichishda qo`rqishini qayd etgan.

Doktor Semyuel Smitning aytishicha esa, o`sma kasalliklarini keltirib chiqaruvchi eng asosiy omillar quyoshda me`yoridan ortiq yurish va chekishdir. Respondentlarning mos ravishda 60 va 88 foizi buni bilishi ma`lum bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1