1

Har kuni bir piyola qatiq ichish uchun 7 sabab

Salomatlik 24.04.2018, 12:07
Har kuni bir piyola qatiq ichish uchun 7 sabab

Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. U organizmga ijobiy ta`sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni engishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?

1. Organizmni ozuqa moddalari bilan ta`minlaydi

Qatiqda ko`p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog`lar va ko`p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug`lar mavjud.

2. Immun tizimini mustahkamlaydi

Qatiq o`zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo`ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.

3. Oson hazm bo`ladi

Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun engil hazm bo`ladi.

4. Allergiya chaqirmaydi

Sut tarkibida ko`plab allergiya qo`zg`atuvchilar bo`lib, ular achitish jarayonida yo`qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.

5. Suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlaydi

Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko`p bo`lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko`proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi etishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

6. Vaznni kamaytiradi

Bu borada ko`pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va organizmdagi ozuqa balansini ushlab turadi. Parhez qiluvchilar qatiq yordamida oqsillar, vitaminlar va minerallardan bahramand bo`ladi.

7. Ochlik va tashnalikka barham beradi

Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1