Farzandingiz suvchechak bilan og`risa...

Salomatlik 09.04.2018, 12:36
Farzandingiz suvchechak bilan og`risa...

– Nabiramning yuzida qandaydir toshmalar paydo bo`ldi. Qo`shnim ko`rib, bu suvchechak, deya xavotirimni oshirdi. Bu kasallik haqida ma`lumot bersangizlar?

Sharofat Sobirova, Samarqand shahri.


– Suvchechak bilan asosan, maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanadi. U qisqa vaqtli harorat va umumiy ahvol biroz o`zgarishi bilan namoyon bo`ladi. Odatda, kasallik o`tkir isitmalash va suvchechak toshmasi toshishi bilan boshlanadi. Bola suvchechak bilan og`riganda unga ko`proq vitaminga boy taomlar hamda suyuqlik berish lozim.
Kasallik asoratlari bolaning injiq bo`lib qolishi, ko`z xiralashishi, asab tizimidagi o`zgarishlarda namoyon bo`ladi. Uning yashirin davri o`rtacha 11 kundan 23 kungacha davom etadi. Tana harorati 38-39 darajaga ko`tarilib, bemorning tanasiga, og`iz va ko`z qovoqlarining shilliq pardasiga suvli pufakchalar toshadi. Pufakchalar badanga tarqaladi. Pufakchalar yorilib, o`rnida yarachalar paydo bo`ladi.

Xonadonda bir bolaning suvchechakka chalinishi boshqalarga ham yuqishi bilan xavflidir. Shuning uchun bemorning xonasini alohida qilish lozim. U bog`chaga boradigan bo`lsa, dastlabki haftada uyda qoldirilgani ma`qul. Suvchechakka chalinishga asosan, immuniteti past bolalar moyil bo`ladi. Kattalar ham ushbu xastalik bilan og`rishi mumkin. Homilador ayollar ayniqsa, kasallik yuqishidan ehtiyot bo`lishi lozim. Bemorda kasallik alomatlari sezilishi bilan darhol shifokorga murojaat qiling.

Navbahor XUShVAQTOVA,
oliy toifali shifokor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1