1

Iqtidorli o`quvchilar o`rtasida innovasion olimpiada o`tkaziladi

Jamiyat 05.04.2018, 15:18
Iqtidorli o`quvchilar o`rtasida innovasion olimpiada o`tkaziladi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan iqtidorli o`quvchilar o`rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish, o`zaro do`stona munosabatlarini mustahkamlash, o`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fanlar bo`yicha bilim va malakalarini almashishlariga hamda fanlardan olgan bilimlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida joriy yildan boshlab innovasion olimpiada tashkil etilmoqda.

Innovasion olimpiadani tashkil etish jarayonida vazirlik shu kungacha o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan fan olimpiadalaridan olingan tajribaga, qolaversa, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari va ekspertlar taklif-mulohazalariga tayanildi.

Yana bir muhim jihati, vazirlik innovasion olimpiadani adolatli, oshkora va shaffof tashkil etish, haqqoniy baholashni ta`minlash, jamoatchilik nazoratiga keng imkon yaratishga alohida e`tibor qaratildi.

Jumladan, test sinovlari onlayn tarzida Respublika tashkiliy qo`mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida o`tkaziladi.

Innovasion olimpiadaning barcha bosqichlarida tashkiliy qo`mita, hay`at a`zolarining farzandlari, o`quvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan bo`lsa, ushbu shaxslar tegishli qaror asosida tashkiliy qo`mita yoki hakamlar hay`ati a`zolari tarkibidan chiqariladi.

Qolaversa, tanlovning adolatli va shaffof o`tkazilishini ta`minlash maqsadida g`oliblarning yoki boshqa qatnashchilarning ishlarini jamoa rahbarlariga, ishtirokchilarga va ularning ota-onalariga ko`rsatishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, innovasion olimpiadada g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilar kelgusida nufuzli xalqaro miqyosda o`tkaziladigan fan olimpiadalarida mamlakatimiz nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Innovasion olimpiadani tashkil etish davomida mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning fikri o`rganib boriladi. Konstruktiv taklif va mulohazalar asosida olimpiadani o`tkazish tartibiga o`zgatirish kiritish mumkin.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko`ra, hozirda innovasion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 13-15 aprel kunlari respublika bosqichi 7 ta hududda bo`lib o`tadi.

Innovasion olimpiada o`tkazilish jarayonlari, natijalari to`g`risida axborotlar, test savollaridan namunalar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytida e`lon qilib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1