1

Olimlar qizil (lahm) go`shtni inson salomatligi uchun xavfli deb topishdi

Salomatlik 04.04.2018, 16:38
Olimlar qizil (lahm) go`shtni inson salomatligi uchun xavfli deb topishdi

Qizil (lahm) go`sht iste`moli oshqozonda saraton paydo bo`lish xavfini vujudga keltirishi mumkin ekan.

Buni Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari o`z tadqiqotlarida aniqlashdi.

“Bizning tadqiqot nafaqat qizil go`sht iste`moli oshqozonning aniq qismlariga ta`sir qilishini oydinlashtiradi, balki ko`plab odamlarning bu boradagi ovqatlanish odatlari haqida ma`lumot yig`ish muhimligini ko`rsatadi”, — deya yozadi “RIA Novosti” axborot agentligi universitet tadqiqotchilari fikriga tayanib.

Zero, shifokorlar 17 yil davomida kuzatib borgan 32 ming nafar britaniyalik ayollarning ovqatlanish odatlari o`rganilganda, ularning 335 nafarida yo`g`on ichak saratoni, 119 nafarida to`g`ri ichak saratoni borligi aniqlangan.

Parranda, baliq go`shtini tanovvul qilib keladiganlar yoki vegetariancha parhez tutadiganlarda saraton kasalligi rivojlanish xavfi past ekanligi ma`lum bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1