1

Asalari zahri kimlarga va qachon foyda?!

Salomatlik 23.03.2018, 15:54
Asalari zahri kimlarga va qachon foyda?!

Azal-azaldan asalari zaµri tabobatda eng kerakli davo choralaridan biri µisoblangan. Qadimgi Yunoniston, Arabiston va Misr µamda Osiyo µalqlarida asalarini chaqtirish paytida odam noxushlik, og`riq sezsa µam, a`zolardagi qon aylanish tezlashishi sezilgan. Shu-shu tabiblar bu usuldan yuzab kasalliklarni davolashda foydalana boshlashgan. Asalari zaµri qaysi xastaliklarda asqotishi, kimlarga esa umuman tavsiya etilmasligi µaqida Namangan viloyati Xalq tabobati markazi tabibi, shifokor-terapevt Abduµalil BANNAEV ma`lumot beradi.

Qaysi kasalliklarda qo`llaniladi?

Davolash malakali shifokor-fizioterapevt yoki ushbu amaliyot uchun ruxsatnomasi bo`lgan tabib nazoratida amalga oshiriladi. Aynan u kasallikning turi, bemorning µolati, yoshiga qarab, davolash usuli, miqdorini belgilaydi. Masalan, qon tomir xastaliklari, ayniqsa, xafaqon (qon bosimining oshishi)da asalari qo`l-oyoq terisiga qo`yiladi. Ushbu usul yordamida belangi, osteoxondrozni µam davolash mumkin. Chunki asalari zaµri ichida suyak tizimini mustaµkamlovchi moddalar juda ko`p. Nevroz, depressiya, yurak-qon tomir buzilishlarida µam ari chaqtirishga murojaat etish mumkin. Immuniet tushganda, ortiqcha vaznda, podagra kasalligida, keksalardagi tarqoq skleroz, xotira pasayishida µam qo`l keladi.

Tana moslashishi uchun

Birinchi chaqtirish bel soµasiga amalga oshirilib, atigi 5 soniya asalari tanaga qo`yiladi. Har kuni chaqtirish muddati 5 soniyadan uzaytirilib boriladi.

Bunda birinchi kuni bitta asalarini qo`yib, µar kuni ularning sonini bittaga ko`paytiriladi. Hammasi bo`lib tanaga 10-15 tagacha asalari qo`yib chaqtirish mumkin. Agar bemor chaqtirishni ko`tarolmasa, muolaja kunora amalga oshiriladi.

Tanaffus qilinadimi?

Asalari zaµri bilan davolashda bir kunda 4-6 tagacha asalarini chaqtirish mumkin. Bunda davolash muddati o`nta muolajani o`z ichiga oladi. Ilk oltita muolajadan keyin, chaqtirish uchtagacha kamaytiriladi.

Agar bemorda surunkali kasalliklar kuzatilayotgan bo`lsa, chaqtirish usuli 45 kun davomida uzluksiz davom ettirilib, orada 2 oy tanaffus qilinadi.

Erkaklardagi jinsiy zaiflikni davolashdaasalari chaqtirish chov orasi va tizza ostiga bajariladi.

Zarari µam bor!

Odamni ari chaqqanida teri ostiga zaµri bilan birga nishi µam tushadi. Aynan shu zaµar tufayli qizish, achishish va boshqa noxush belgilarni sezamiz. Asalari zaµri tarkibida gistamin moddasi bor. Uni esa allergiyaga moyil odamlar ko`tarolmaydi. Chunki allergiklarning qonida ushbu moddaning miqdori tabiatan yuqori bo`ladi. Natijada, odamning yuzi shishib ketadi, vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmasa, anafilaktik shok µolati yuz berishi mumkin. Ayniqsa, qandli diabet bilan og`rigan, µomilador ayollar, isitma, o`sma kasalligi bor bemorlar, oshqozon osti bezi, yurak kasalliklari qo`zg`agan paytda, buyrakdagi toshda davolashning bu turi tavsiya qilinmaydi.

!Gormonal dori qabul qiladigan, klimaks yoshidagi ayollar ushbu muolajani ko`p qo`llamasliklari shart. Asalari chaqtirish usuli ayollarda osteoporoz kasalligini kuchaytirishi mumkin.

Bilib qo`ygan yaxshi

Bemor jismonan µarakatchan bo`lishi, ya`ni µar kuni badantarbiya bilan shug`ullanishi, ochiq µavoda sayr qilishi, asosan sutli-sabzavotli ovqatlar iste`mol qilishi va kamroq go`sht eyishi tavsiya etiladi.

Davolanish paytida spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish mumkin emas.

Ayniqsa, davolanish paytida gimnastika, uqalash muolajalari bilan shug`ullangan odamlar tez tuzaladi. Umurtqa kasalliklari, osteoxondroz, belangi va nevralgiyalarni davolashda asalari suti, mumini qabul qilish µam yaxshi natija beradi.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1