Faollashtirilgan ko`mirning foydali 10 jihati

Salomatlik 27.02.2018, 11:44
Faollashtirilgan ko`mirning foydali 10 jihati

Aktivlashtirilgan ko`mir tabletkalari inson salomatligidagi qanday muammolarni hal qiladi?

Aktivlashtirilgan ko`mir — inson organizmini tozalashda dunyodagi eng qadimiy va ommaviy uslublardan biridir.

U ming yillar davomida sharq tabobatida, xususan xitoy tabobatida zaharlanishga qarshi vosita sifatida qo`llanib kelgan.

Bizning davrimizda esa, bu vosita alkogol va giyohvandlik moddalari bilan zaharlanishda birinchi yordam vositasi sifatida ishlatiladi.

Detoksifikasiya — aktivlashtirilgan ko`mirning yolg`iz shugina bo`lmagan, bir qator xossalaridan eng asosiysidir.

Agar siz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash, xolesterin miqdorini pasaytirish va hatto qartayishni sekinlashtirish uchun tabiiy vosita izlayotgan bo`lsangiz — aktivlashtirilgan ko`mir bu sohada mislsiz vositadir.


Aktivlashtirilgan ko`mirning salomatlik uchun 10 xil foydali xossalari:

1. Meteorizm va qorin dam bo`lishidan foydali vosita
Qorin dam bo`lishi hammada ham sodir bo`lib turadi. Mutaxassislar fikricha, har bir kishi sutkasiga 14 marta damdan forig` bo`lib turishi me`yoriy-tabiiy holat hisoblanadi. Lekin sizni meteorizm yoki og`riqli qorin dam bo`lishi bezovta qilayotgan bo`lsa, bunda sizga aktivlashtirilgan ko`mir yordam beradi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ovqat iste`molidan oldin aktivlashtirilgan ko`mir tabletkalari iste`mol qilinganida, ichaklarda yig`ilgan gazlar miqdori sezilarli ravishda qisqaradi.

2. Xolesterin miqdorini pasaytirish

Xolesterin miqdorining ko`payishi yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish ehtimolini ikki barobarga ko`paytiradi.

Bir oy mobaynida 8 g miqdordagi aktivlashtirilgan ko`mir tabletkasidan uch mahal ichib yurgan kishilarda LDL-zararli xolesterin miqdori 41% ga pasayganini, va foydali HDL-xolesterin esa, 8 % ga ko`payganini tadqiqotlar isbotladi.

3. Buyraklar salomatligini asrash
Har kuni inson buyraklari taxminan 115-140 litr qonni tozalab beradi, natijada chiqindi va ortiqcha suyuqliklardan iborat 1-2 litr peshob ajratib beradi. Jigar bilan birgalikda buyraklar Yaratganning tabiatdagi eng mukammal tozalab beruvchi tizimini tashkil etadi.

Lekin ovqatlanish davomida shakar, tuz, jonivorlar oqsili, yog`lar va turli konservantlarni haddan tashqari suiste`mol qilish turli kasalliklar va buyrak faoliyatida etishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.

Aktivlashtirilgan ko`mir peshob, boshqa zaharli va zararli suyuqliklarni organizmdan chiqarib yuborishi sababli, bu foydali tabiiy shifobaxsh vosita buyraklar salomatligini saqlashda beqiyos yordam beradi.

4. Ovqatlanishdan sodir bo`lgan zaharlanishni tezda baotaraf qilish

Ovqatlanishdan sodir bo`lgan zaharlanish holati kishilar o`rtasida keng tarqalgan hodisa — faqat birgina AQShda har yili kishilar o`rtasida 48 mln zaharlanish holati qayd etiladi.
Ko`ngil aynishdan, ich ketishidan, qorinda bo`ladigan og`riqdan, ovqatlanishdan bo`ladigan zaharlanishdan so`ng yo`qotiladigan kunlardan himoyalanish usullaridan biri bu — mazkur noxush holatlar kuzatilganining dastlabki lahzalaridayoq aktivlashtirilgan ko`mir tabletkalaridan iste`mol qilish. Aktivlashtirilgan ko`mir iste`mol qilish ovqatlanishdan kuzatiladigan zaharlanishda ham tavsiya etiladi, chunki u toksin (zaharli) moddalarni bartaraf qiladi.

5. Terining mayin va yumshoq bo`lish siri

Kir va yog` teridagi teshikchalarni bekitib qo`yadi. Ular yuz terisiga salbiy ta`sir ko`rsatib, insonni qarimsiq qilib ko`rsatadi, terini tozalash uchun ishlatiladigan zamonaviy vositalar esa, zararli kimyoviy moddalar bilan to`yintirilgan.

Aktivlashtirilgan ko`mir go`yo magnit kabi teri teshikchalaridan kir va yog`larni so`rib oladi, terini toza, musaffo va yumshoq holga keltiradi.

6. Ipakdek tovlanadigan sochlar

Inson terisining ko`rkamligi va chiroyiga zarar etkazuvchi toksinlar, kir va yog`lar sochlarga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi, ular ko`rinishini noxush va ko`rimsiz holatga olib keladi.

Aktivlashtirilgan ko`mir soch follikullari(tuxum hujayra, soch ildizi to`qimalari)ni tozalaydi, uni ipakdek mayin va chiroyli tovlanadigan qiladi. Ekologik zararli ximikatlardan iborat shampunlardan farqli o`laroq, aktivlashtirilgan ko`mir 100 % ekologik toza, tabbiy moddalardan tashkil topgan vositadir.

7. Tishlarni sadafdek oqartirish

Tish cho`tkasiga aktivlashtirilgan ko`mirni maydalab sepib, haftasiga 2-3 marta tishlar yuvilsa, kifoya qiladi. Aktivlashtirilgan ko`mir tish emalini tozalaydi, tishlar sirtida paydo bo`layotgan keraksiz kir qatlamini mikroskopik zarralardan tozalab, asl-musaffo holiga keltiradi.

8. Og`izdan yoqimli hid kelishi

Og`izdan keladigan noxush hiddan forig` bo`lishda ham aktivlashtirilgan ko`mir qo`l keladi. Bu nafaqat noxush hidni yo`qotuvchi vosita, balki og`iz bo`shlig`idagi kislota-ishqor muvozanatini me`yoriga keltiruvchi tabiiy vositadir, bu esa tish va milklarni har xil kasalliklar va bakteriyalardan himoyalaydi. Tishingizni aktivlashtirilgan ko`mir bilan tozalang, hayajonlanishga o`rin yo`q, u mazaga ega emas, qoraligi ham sizni o`ylantirmasin, og`izni g`arg`ara qilib yuvilganda ko`mir rangi ham yuvilib ketadi.

9. Erta qartayishning oldini olish

Aktivlashtirilgan ko`mir faolligi insonni yoshartirishi, teri va sochlarga chiroy berishi, tishlarni sadafdek oqartirishi bilan cheklanmaydi. Aktivlashtirilgan ko`mir tabletkalarini muntazam iste`mol qilish sog`lom hujayralarni o`ldirib, tananing erta qartayishiga sabab bo`luvchi zararli toksin va shlaklarni organizmdan chiqarib yuborishi ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan.

10. Ovqat hazm qilish tizimini tozalash

Sabzavot va mevalardagi pestisidlar, hayvonni so`yilmasidan oldin uni semirtirish uchun qo`shiladigan go`shtidagi gormonlar, ichimlik suvlardagi kimyoviy moddalar — biz o`ta toksik shart-sharoitlarda yashayapmiz.

Bu zararli moddalar inson organizmi oshqozon-hazm tizimida yig`ilib boradi, bu esa, shamollash kasalliklarini keltirib chiqaradi va kuch-quvvatni kesadi. Mustahkam sog`lik va yaxshi kayfiyat uchun oshqozon-ichaklar hazm tizimini muntazam tozalab turish lozim. Bu maqsadga erishishning eng yaxshi vositasi — aktivlashtirilgan ko`mir tabletkalarini iste`mol qilish. Etti kun ko`mir tabletkalari bilan detoksifikasiya (zararli moddalardan organizmni tozalash) qilish — sizning salomatligingizni tiklashga asosdir.

Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1