1

Dori ichish o`rniga tabassum ulashing

Salomatlik 26.02.2018, 11:29
Dori ichish o`rniga tabassum ulashing

Bizning kayfiyatimiz – butun vujud hujayralaridagi axbor uzatuvchilar (tashuvchilar) – kimyoviy transmitterlar deb ataluvchi moddalarni ishlab chiqaradigan bezlar faoliyatiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Bavariya Fanlar akademiyasi prezidenti, gigiena professori, 73 yoshli Maks fon Pettenkoferni eslaylik. U 1882 yili 7 oktyabr kuni Robert Kox bilan bo`lgan tortishuv qizig`ida «butun polkni qirish»ga etarli bo`lgan, vabo vibrionlarini qo`rqmasdan ichib yuborib, tirik qolgan edi. Ammo o`zining qahramonona va ayni mahalda xatarli tajribasidan eson-omon qolgan Pettenkofer o`z boshiga tushajak qarib-qartayish, kuch-quvvatdan qolish dahshatidan qo`rqib, 1901 yilning 28 oktyabr kuni o`zini-o`zi otib qo`ydi. Shunday qilib, vabodan ustun chiqqan, Evrpopada birinchi gigiena instituti rahbari qo`rquv balosiga mag`lub bo`ldi.

Tibbiyotda inson umrini nihoyat darajada qisqartirib yuboradigan hissiy kechinmalar ham ma`lum. Lyudovik XIV ning tarixchisi va kamergeri, tragediya bo`limi bo`yicha buyuk usta bo`lgan Jan Rasin bor-yo`g`i qirol uning salomiga javob qaytarmaganidan iztirobga tushib, olamdan o`tgan. O`sha kuni qirol Rasinga qarab bosh silkitishni unutgan edi. Rasin uyiga qaytib, to`shagida yotib qoldi va kechga tomon joni uzildi. Uning bu ahvolda jon berishi zamondoshlarini hayratda qoldirdi: dramaturg endigina 60 yoshni qoralagan bo`lib, sog`ligi joyida edi. Inson umrini qisqartiruvchi ta`sirlar orasida o`am-kulfat, tushkunlikka tushish, siqilish, qo`rquv, hasad, ko`rolmaslik va irodasizlik hollari asosiy o`rinni egallaydi, deb bekorga aytmaganlar.

«Xushchaqchaqlik faqat salomatlik alomatigina emas, balki kasalliklardan qutqaruvchi shifobaxsh xususiyat hamdir» (Smayls). «Haqiqiy donishmand odam hamisha quvnoq yuradi», – degan edi Lev Tolstoy.

Yuqoridagi kabi fikrlarni ko`zga ko`ringan terapevtlar – S.Botkin va M.Konchalovskiy ham keltirib o`tganlar. qisqacha qilib aytganda, «Ruhiy dori-darmonlar ham xuddi dorixonadagi g`amlab qo`yilgan dorilar bilan bir qatorga turishga haqlidir», – degan edi Radishchev.

Kataria mo``jizasi

Hindistonlik hakim, tajribali yog Madan Kataria bemorlarini kulgining o`zi bilangina davolay oladi. U Bombeydagi Tibbiyot institutida, hatto, kulgi muolajasini tashkil etgan. Hakimning fikricha, uzoq hiringlash, xandon otish yoki xunuk kulish ham insonni ziqlik holatidan chiqaradi, shuningdek, tungi bosinqirash va tushkunlik holatlarini har qanday habdorilardan ko`ra yaxshiroq davolaydi. Lekin sof kulgi – birovning ustidan kulish emas.

Har kuni ertalab Kataria yuzlab bemorlari bilan shahar xiyobonlaridan biriga boradi va ular bir-birlariga qarab xaxolab kula boshlashadi. Tez orada ularning atrofida bekorchixo`jalar to`planishadi va tinmay xaxolayotgan bemorlarga qarab, ular ham qattiq kula boshlashadi.

Ertalabki 20 daqiqali kulgi muolajasi odamlarning kun bo`yi yaxshi kayfiyat bilan yurishlariga imkon yaratadi, deb ta`kidlaydi u. Kataria faqat insonlargagina xos bo`lgan kula olish qobiliyatidan davolash o`rnida foydalanmoqda. Lekin o`rinsiz va ko`p kulish – ruhni o`ldiradi, degan hadis ham bor. Demak, ma`noli kulgi yaxshi.

Kataria chuqur tadqiqot o`tkazadi va insonning jismoniy sog`ligini yaxshilovchi kulgining 30 xilini aniqlaydi. Masalan, «sher kulgisi»da inson og`zini katta ochib, havoni keskin chiqaradi, ovoz naychalarini chiniqtiradi va o`pkani tozalaydi. «Kaptar kulgisi»da inson og`zini yopib kuladi, qorin mushaklarini mustahkamlaydi va miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi. Maymun kulgisida inson xirillab, qo`llarini silkitadi. Bunday mashq butun tanani quvvat bilan to`yintiradi.

Eng qiyini – saraton xastaligi bilan oo`rigan bemorni kulishga majbur qilishdir. Ammo bunday bemor xaxolab kulishni boshlasa bormi, uning er yuzida kechiradigan kunlari sezilarli ravishda ko`payadi.

Kataria kulgi muolajasini faqat bir nechta odam orasidagina o`tkazish mumkinligini ta`kidlaydi. Hatto eng quvnoq odam ham bir o`zi kulolmaydi. Ammo bu bemorlar bir-birlariga qarab kula boshlasalar bormi, ba`zan ularni to`xtatish ham qiyin. Ammo kulgi ma`noli bo`lsa, yana yaxshi.

Shahardagi kulgilar

Yaqinda Kataria Bombeyda kulgi kunini o`tkazdi va unda 10 ming nafar odam ishtirok etdi. Kulgi muolajasining foydasiga ishongan Katarianing muridlari hindistonning 100 ta yirik shaharida kulgi klublarini tashkil etishdi, ularda mingta odam soo`lio`ini tiklab, kulgining shifobaxsh kuchga tan berdi.

«Akila deyli» gazetasining yozishicha, g`arblik shifokorlar ham hind hakimi ishlab chiqqan va kulgining turli ko`rinishlari bilan bajariladigan davolash mashqlari tizimining foydasini e`tirof etdilar.

Germaniya, Fransiya, Shveysariya va AQShda allaqachon ko`plab kulgi klublari faoliyat yuritmoqda. o`arblik badqovoq ishbilarmonlarni kuldirish uchun ularga multfilmlar, kinokomediyalardan parchalar ko`rsatishadi, latifalar aytib berishadi. Keyin odamlar asta-sekin bo`shashib, bir-birlariga ko`zi tushgandayoq kula boshlashadi.

Ko`pgina biznesmenlar kulgi o`zlarini infarktdan saqlab qolganini va ishlari yurishib ketishiga sabab bo`lganini ta`kidlashadi.

Odamlar kechayotgan «kimyoviy ta`sirlar»ni zaruriy yo`nalishga qarab o`zgartirishlari mumkin. Bu haqda Pruss qiroli leyb-mediki va barcha tibbiy kengashlar a`zosi Gufeland ham xabardor edi: «Agar xastalik to`o`risidagi tasavvurdanoq kasal bo`lish mumkin ekan, nima uchun shu tuyg`uni boshqarishga urinib ko`rmaymiz? Sog`-salomat bo`lish uchun o`zimizni soppa-sog`miz deb, tasavvur qilib ko`rmaymiz?» degan savolni o`rtaga tashladi. Bu savol, albatta, juda dolzarb. Ammo vujudni hissiyotlar taqlidi – imitasiyasi bilan aldash mumkinmikin? Bular haqiqiy his-tuyg`u o`rniga o`ta olarmikin?

Ma`lumki, amerikacha tabassum – xizmat ko`rsatish sohasining firma belgisi bo`lib hisoblanadi. Amerikadagi supermarket egalari sotuvchilarning doimo tabassum qilib turishlarini talab qiladilar. Sotuvchi qizlarning aytishlaricha, yomon kayfiyat tabassum tufayli ma`lum vaqt mobaynida yaxshilana borar ekan.

Ishonmasangiz, o`zingiz biror qiliq qilib ko`ring va shu hisni boshingizdan o`tkazasiz. qo`llaringizni osiltirib, oyoo`ingizni sudrab bosing, o`zingizni o`amgindek qilib ko`rsating – ma`lum bir vaqt o`tib, kayfiyatingiz buziladi. Bizning aslida yaratilishimiz o`zi shunaqa.

Ruhiyatimizning qonuniyatlari shu darajadaki, «yaxshi» odam rolini o`ynash davomida teskari aloqa ishga tushadi va odam qanaqa rol o`ynayotgan bo`lsa, o`shanga o`xshab qoladi. Bu «qalb ifodasi» fe`l-atvorni o`zgartirib, mustahkamlanib qoladi.

A.Usmonxo`jaev, tibbiyot fanlari nomzodi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1