1

Balg`am ko`chishini engillashtiruvchi 9 xil usul

Salomatlik 13.02.2018, 10:25
Balg`am ko`chishini engillashtiruvchi 9 xil usul

Shu kunlarda shamollash va gripp bilan og`riganlar ko`p. Tumov, ayniqsa, iztirobli yo`tal ko`pchilikni tashvishga qo`yadi. Axir kezi kelganida eng qimmat dori vositasi ham dardni engillashtira olmasligi mumkin. Xo`sh, bunday paytda ma`qul chora nima? Quyida sizni balg`am ajralishini engillashtiruvchi usullar bilan tanishtiramiz.

MutaxassisSanobar XOLMIRZAEVA shifokorterapevt.

Shirinmiya damlamasi

Bu o`simlik xalq tabobatida quruq yutal, yutinganda tomoqda og`riq bo`lishi, o`tkir va surunkali tonzillitga davo hisoblanadi. Shirinmiya o`simligining balg`am ko`chiruvchi xususiyati ham bor.

10 g. shirinmiya o`simligining ildiz tomirini 200 ml. qaynoq suvda damlab, 20 daqiqa bug`li vannada ushlab turasiz. So`ng 1-2 soat davomida damlama tindiriladi. Dokadan o`tkazilgan damlama 1 osh qoshiqdan, kuniga 4-5 mahal qabul qilinsa, balg`am ajralishi engillashadi.

Rayhonli choy

Yarim litrli choynakka 1 osh qoshiq miqdorida qora yoki ko`k choy, 7-10 dona rayhon (quritilgani bo`lsa yarim choy qoshiqda) bargi solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi. 5 daqiqa tindirilgach, choyni ichish mumkin. Rayhonli choy balg`am ajralishini osonlashtirishi bilan birga, og`iz bo`shlig`i bakteriyalari bilan ham kurashadi.

Arpabodiyon moyi

Arpabodiyon nafas yo`llari kasalliklarini davolashda keng qo`llaniladi. Uning mevasi tarkibidagi anetol moddasi, bronxlar shilliq qavatini rag`batlantiradi va nafas a`zolari funksiyasini kuchaytiradi. Arpabodiyon moyi loringit, traxeitda buyuriladi. U balg`am ko`chishini osonlashtiradi. Bronxitda 1 osh qoshiq iliq suvga 2-3 tomchi arpabodiyon moyini tomizilib, har 4-5 soatda ichib turilishi lozim.

Tuyatovon haqida eshitganmisiz?

Mazkur o`simlik bargida glikozid (organik birikma) mavjud. U nafas yo`llariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Xalq tabobatida tuyatovon yallig`lanishga qarshi balg`am ko`chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun 5 g. quritilgan tuyatovon bargi olinadi va ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi. 15 daqiqa tindirilgach, dokadan o`tkazib olish mumkin. Damlama kuniga 4 mahal, bir osh qoshiq ichib turiladi.

Behi urug`i

Behi urug`i, shirasi bilan birga yarim stakan suvga solinadi va o`rta olovda qaynatiladi. Qaynatma elimdek yopishqoq ko`rinishga kelguniga qadar olovda ushlanadi. Tayyor qaynatmani 1 choy qoshiqdan, kun davomida 4-5 mahal qabul qilish, balg`am ajralishini engillashtiradi, nafas yo`llari spazmdan xalos qiladi.

Bargizub shifo!

1 osh qoshiq miqdoridagi bargizub o`simligni 1 stakan qaynoq suvda damlab, 15 daqiqa tindirib qo`yasiz. So`ng dokadan o`tkazib olib, kuniga 2-3 mahal 2 osh qoshiqdan qabul qilish mumkin.

Anjir qoqi eysizmi?

Abu Ali ibn Sino balg`am ko`chishini osonlashtirish uchun anjir mevasini eyishni, yo`talni qoldirishda esa uni sutda qaynatib ichishni aytib o`tgan.

Qish kunlarida anjir qoqsidan foydalanib, yo`talni engillashtiruvchi qaynatma tayyorlash mumkin. Buning uchun 100 g. anjir qoqsiga 2 stakan sutni quyib, past olovda 15 daqiqa qaynatasiz. Qaynatma 40 daqiqa tindiriladi. Qoqli qaynatmayarim stakandan, kuniga 2-3 mahal, ovqatlanishdan oldinichiladi.

Aloe sharbati

Limon va aloe sharbatiga asalni aralashtirib ichish, kuchli shamollashga davodir. Shifobaxsh aralashmani tayyorlashda teng miqdorda asal, brusnika mevasi, limon va aloe sharbati kerak bo`ladi. Masalliqlar sirli idishga solinib, 6-8 soat davomida tindirib qo`yiladi. Aralashma tayyor bo`lgach, kuniga 3-4 mahal, 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi.

Marmarakshamollashdan xalos etadi!

Eng yaxshi balg`am ko`chiruvchi vosita bu – marmarakdir. Tomoq og`rishi endi – endi boshlanayotganida marmarak o`simligidan damlama tayyorlanib ichilsa, infeksiyalar xujumi kamayadi. Bezovtalik paytida muntazam qabul qilinsa, balg`am «pishadi» va oson ajraladi.

Sevara tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1