Qonda gemoglabin miqdorining pastlab ketishi organizmda jiddiy o`zgarishlarga sabab bo`lishi mumkin. Tez-tez shamollash (imunitet sustligi bilan birga) toliqish, bosh og`riqlari, xotira sustlashishi, aqliy faoliyat bilan bog`liq o`zgarishlar shular jumlasidandir. Alohida ko`rinishda kamqonlikning o`zi ham bir qancha asoratlardan xoli emas. Bu kabi muammolarning oldini olish uchun esa gemoglabin miqdorini oshiruvchi ba`zi tavsiyalar bilan tanishtiramiz.
Qizil lavlagi + asal
Qon tarkibini yaxshilashda yarim stakan lavlagi sharbatiga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, bir kunda 3 mahul ovqatdan bir soat oldin ichish lozim.
Sabzi + o`simlik yog`i
Har kuni ertalab och qoringa 100 gr. qirg`ichdan chiqarilgan sabzini 1 choy qoshiq o`simlik yog`i yoki qattiqqa aralashtirib iste`mol qilinadi. Muolajani 7 kun davomida bajarish mumkin. Kamqonlik bilan birga sabzi aralashmasi qabziyatga ham davo bo`ladi.
Momaqaymoq + suv
1 choy qoshiq momaqaymoq(oduvanchik) gulini 1 stakan qaynoq suvga solib, 15 daqiqa davomida qaynating. So`ng dokadan o`tkazingda, bir kunda 3 mahal 2 osh qoshiqdan qabul qiling. Muolaja 3-4 hafta davom ettirilganida natijasi sezila boshlaydi.
Sabzi + lavlagi + turp
Teng miqdorda sabzi, lavlagi va turp sharbatlarini aralashtiring. Bir kunda 3 mahalovqatdan yarim soat oldin aralashmadan chiib, so`ng tanavul qilsangiz, kamqonlikkadavo buladi.Muolaja 2-3 oy kunora bajarilishi mumkin.
Bug`doy kepagi + suv
3 osh qoshiq yanchilgan bug`doy kepagini 2 stakan qaynoq suvda damlab, 1 soatga qoldiring. So`ng damlamani dokadan o`tkazing. Aralashma 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahul ovqatdan 30 daqiqa avval ichiladi.
Anor + asal
Hafta davomida 2-3 marta yangi siqib chiqarilgan anor sharbatini ta`bga ko`ra asal bilan aralashtirib, ichishing. Anor sharbati tish emaliga ziyon bo`lmasligi uchun ozroq qaynagan suv qo`shish lozim.
Mayiz
Uyquga yotishdan avval 5-6 mayizni piyolaga solingda, ustidan iliq suvni quying Piyola ustini yopiq holatda ertalabgacha qoldiriladi. Ertasiga esa suv yuzasiga chiqib qolgan mayizni eb, suvini asta ichib oling. Bu usulni kunora takrorlashingiz mumkin.