1

Arterial qon bosimingiz oshdimi? Barmog`ingizni uqalang!

Salomatlik 07.02.2018, 09:50
Arterial qon bosimingiz oshdimi? Barmog`ingizni uqalang!

Agar bilsangiz, har birimizning qo`l kaftimiz, xususan, barmoqlarda biologik faol nuqtalar bor. Ular organizmdagi bezovtaliklarni bartaraf etish hamda kayfiyatni ko`tarishga xizmat qiladi.

Boshbarmoq: yo`talni davolaydi!

Besh daqiqa davomida boshbarmoq «yostiqcha»sini uqalash nafas yo`llari (ayniqsa, astma xuruji oldi) kasalliklari, bodomcha bezi yallig`lanishi, iztirobli yo`talda tavsiya etiladi. Quruq va yutinganda og`riq beruvchi yo`talni engillashtirishda boshbarmoqni pastdan yuqoriga qarata silash lozim. Asabiylik, stress, kuchli charchoq ta`sirida kelib chiqqan bosh og`rig`ining chorasi ham aynan boshbarmoqni uqalash hisoblanadi. Bunda barmoq «yostiqcha»si 2–3 daqiqa mobaynida siqib turiladi va asta bo`shatiladi.

Ko`rsatkich barmoq: umurtqa og`riqlari bezovta qilsa...

Mushaklarda spazm paydo bo`lsa, ko`rsatkich barmoqni ikkinchi qo`l kafti bilan siqib turing. Muolaja 5 daqiqaga mo`ljallangan. Umurtqa og`riqlari, belning qotib qolishida ko`rsatkich barmoq «yostiqcha»sini uqalash kerak. Ushbu barmoq me`da-ichaklarga ham to`g`ridan-to`g`ri singal yo`llaydi. Hazm a`zolari faoliyatida buzilish bo`lganida, qabziyat, diareya qiynaganida ko`rsatkich barmoqni uqalash bezovtalikni bartaraf etadi. To`satdan boshlangan tish og`rig`ida ham ko`rsatkich barmoqni uqalash kerak.

O`rta barmoq: arterial qon bosimi nazoratchisi!

O`zingizni odatdagidan ko`ra holsiz, toliqqan sezyapsizmi? O`rta barmoq «yostiqcha»sini bir necha daqiqa uqalang. Mazkur usul qattiq asabiylashishda, xavotirlanish, qo`rquv paydo bo`lganida ham asqatadi. Muntazam o`rta barmoqni uqalab turish arterial qon bosimi ko`tarilishi xavfini kamaytiradi.

Nomsiz barmoq: toliqqan ko`zlar uchun mashq

Qon tomirlari spazmi, arterial qon bosimi ko`tarilishi, ko`rish qobiliyati pasayishi, shuningdek, ko`zlar toliqishida nomsiz barmoq uqalanadi. Іissiyotlarga javobgar reflekslar bilan do`st tutingan nomsiz barmoq bir necha daqiqa silab turilsa, kayfiyat yaxshilanadi.

Jimjiloq: eshitish qobiliyati yomonlashsa...

Asabiylikka moyil bo`lsangiz, kunora 5 daqiqalik jimjiloq barmoq muolajasini o`tkazing. Bunda jimjiloq barmoq «yostiqcha»si engil uqalanadi. Kichik barmoq ingichka ichakning bo`shashish refleksiga ta`sir ko`rsata oladi. Surunkali qabziyat qiynasa, jimjiloqni tez-tez uqalab turing. Birdan yurak urishi tezlashib ketganida, nevralgiya, eshitish qobiliyati pasayishida ham kichik barmoqni uqalash usulidan foydalanish mumkin.

Kaftingizni birlashtiring

Ikkala qo`l kafti o`rtasida butun organizmning faolligi uchun ma`sul biologik nuqta joylashgan. Uni ishga tushirish uchun qo`l kaftlarini birlashtirib, bir-biriga engil ishqalang. Faollashgan nuqta o`zidan quvvat impulsini tarqatadi. Uning bir maromda yoyilishi uchun quyidagi holatlarga diqqat qiling:

  • Qo`l kaftini musht tugib, oching. 10 marta.
  • Barmoqlarni tekis tutib, yon tomonga ochib-yoping. Xuddi elpig`ich singari. 8 marotaba.
  • Har bir barmoqni asosidan boshlab, uchigacha engil uqalang. 1–2 daqiqa
  • Uqalash davomida ikkinchi qo`l barmog`ining bosh, ko`rsatkich va o`rta barmoqlari ishlatiladi.

Shamolladingizmi?

Kaftingizni oching-da, o`rta va nomsiz barmoqlarning o`rtasidagi «kasallik nuqtasini» toping. Ikkinchi qo`lning boshbarmog`i yordamida aniqlangan nuqta soat aylanasi bo`yicha 2 daqiqa uqalanadi. Mazkur usul shamollash asoratida kelib chiqqan bosh og`rig`ini engillashtiradi. Burun bitishida barmoqlar uchini birlashtirib, bir necha soniya ushlab turish so`ng qo`yib yuborish lozim. Ikki barmoq uchining o`zaro ta`sirlanishidan hosil bo`lgan quvvat burundagi sezgi reflekslarini «uyg`otadi». Mashqni 5–6 marotaba takrorlash lozim.

Elka «qotib» qolganida...

Nomsiz va jimjiloq barmoq o`rtasida elka mushaklariga signal yo`llovchi nuqta joylashgan. Avvaliga ko`rsatkich barmoq uchi yordamida nuqtani topib oling. So`ng uni boshbarmoq uchi bilan engil uqalay boshlaysiz. Muolaja har bir qo`lda alohida o`tkaziladi.

Qabziyatning chorasi

Ich qotishi bavosirga sabab bo`lmasin desangiz, qo`l kaftidagi ingichka ichak uchun mas`ul nuqtani tez-tez uqalab turing. Mazkur nuqta boshbarmoqdan jimjiloqqa qarab yo`nalgan chiziqda joylashgan. Uqalash muolajasi ikkinchi qo`lning boshbarmog`i yordamida, har birida bir-ikki daqiqadan bajariladi.

Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1