1

Har kuni iste`mol qilish kerak bo`lgan uch mahsulot

Salomatlik 06.02.2018, 14:10
Har kuni iste`mol qilish kerak bo`lgan uch mahsulot

Amerikalik shifokorlar har bir inson har kuni albatta iste`mol qilishi darkor bo`lgan uchta mahsulot nomini aytishdi.

Olma

Har kuni iste`mol qilish zarur bo`lgan eng muhim mahsulotlardan birinchisi olmadir. U antioksidant xususiyatlarga ega tabiiy kimyoviy moddalarga juda ko`p. Bundan tashqari, u saratonning ba`zi bir turlari va yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda samarali.

Sabzi

Tibbiyot xodimlari so`zlariga ko`ra, sabzi moddalar almashinuvi tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, ichak faoliyatini faollashtiradi.

Grek yong`oqlari

Bu mahsulot qon bosimi va xolesterin miqdorini barqarorlashtiradi.

Parhezshunoslarning fikricha, yuqoridagi uch mahsulot organizm hujayralarini tabiiy tiklovchilar bo`lib, shuningdek ular ochlik hissini yo`qotadi, organizmni kerakli vitaminlar va antioksidantlar bilan ta`minlaydi. Bundan tashqari, sabzi va yong`oqlarni yilning istalgan davrida bemalol iste`mol qilish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1