1

Tishlar “dod” solganda...

Salomatlik 22.01.2018, 11:27
Tishlar “dod” solganda...

Tish og`rig`i – eng yoqimsiz va qiynoqli hislardan biridir. Albatta tishlar og`riy boshlaganda shifokorga murojaat qilish zarur. Lekin ba`zan shunday vaziyatlar bo`ladiki, dam olish uchun toqqa chiqqanda, favqulodda holatlar yuz berganda yoki aynan siz davolanadigan shifokoringiz mehnat ta`tilida bo`lganida uy sharoitida og`riq qoldiruvchi usullarni qo`llash kerak bo`ladi.

Quyida tish og`rig`ini qoldiruvchi bir necha oddiy usullar bilan tanishtiramiz:

Iste`mol sodasi: 1 choy qoshiq sodani 1 stakan iliq suvga yaxshilab aralashtiring. Suvda soda qoldiqlari bo`lmasligi kerak. Ushbu suyuqlik bilan har 3 soatda og`iz bo`shlig`ini chayish lozim. Agar aralashmaga 3 tomchi yod qo`shilsa, samarasi yanada yaxshi bo`ladi. Bu usul kuchli og`riqni qoldirmasligi mumkin, lekin milklar shamollashini olishi, og`riq joyini tinchlantirishiga katta yordam beradi.

Choy va sarimsoqli aralashma: Sarimsoq og`riq qoldiruvchi eng kuchli vosita ekani ko`pchilikka ma`lum. Lekin uning ko`k choy bilan “hamkor”likda nimalarga qodirligini kamchilik biladi. Buning uchun 1,5 osh qoshiq ko`k choyni 1 stakan suvga damlang. 10 daqiqa tindiring. Unga 5 dona sarimsoq donasini qirg`ichdan chiqarib qo`shing. Yaxshilab aralashtirib, yana 10 daqiqa tindiring. Ushbu suyuqlik bilan og`iz bo`shlig`ini chaying. Og`izni chayish jarayonida suyuqlik aynan og`riyotgan tishga tegishiga e`tibor bering. Bu muoalajani bir kunda bir necha marotaba takrorlang va qarabsizki, og`riqlar taqa-taq to`xtaydi.

Eng oddiy usul: Tish og`riganda oyog`ingizni (iloji bo`lsa tizzagacha) 20 daqiqa issiq suvda vanna qiling.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1