1

O`zi ham, po`sti ham foydali

Salomatlik 19.01.2018, 12:51
O`zi ham, po`sti ham foydali

Ayrim sabzavot va mevalarning nafaqat o`zi balki po`stlog`i ham ba`zi kasalliklarga davo. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishtiramiz.

Sarimsoqpiyoz

Uning ustki qavati keksalikni bartaraf etuvchi antioksidantlarga boy sanaladi. Agar oshga yoki dimlama taomlarga uni po`sti bilan solish odatingizga barham bermasangiz kifoya.

Baqlajon

Ba`zi taomlarni tayyorlashda baqlajonning pusti archiladi, aslida esa bunga zarurat yo`q. Agar siz organizmdagi hujayra membranalarini himoya etuvchi nasunin nomli kuchli antioksidantning foydasi tegsin desangiz, baqlajonni po`sti bilan eng.

Kartoshka

Eng qizig`i, kartoshkani ham po`stidan ajratish shart emas. Aniqlanishicha, kartoshkadagi V vitaminlari guruhi va mikroelementlardan tashkil topgan oziq moddalarning 20 foizi aynan uning po`stlog`ida bo`lar ekan.

Bodring

Odatda bodringning po`stlog`ini tozalamasak-da, ba`zi vaqtlarda po`stidan voz kechishga to`g`ri keladi. Imkon qadar bunday qilmaslikka harakat qiling. Negaki aynan bodring po`stlog`ida immun tizimini stimullashtiruvchi antioksidantlar mavjud.

Olma

Odatda olmani po`stini oshqozonga botadi, degan xayol bilan archib tashlaymiz. Bu to`g`ri fikr, archilgan olma me`da faoliyatini yaxshilab, to`qlik hissini paydo qiladi. Biroq olmaning po`stlog`i ham kversitin, S vitamini va saratondan himoya qiluvchi triterpenoidlar borligini unutmaslik darkor.

Limon, mandarin va apelsin

S vitaminiga boy mahsulotlarni har kim ham po`sti bilan iste`mol qilolmaydi. Lekin po`stlog`idan ko`pgina uy bekalari unumli foydalanishlari sir emas. Sitrus mevalarining quritilgan sedrasi pishiriq xamiri va murabbolarga o`zgacha yoqimli ta`m bag`ishlaydi.

Anor

Bu mevani po`sti bilan iste`mol qilish mumkin, demaymiz. Shunchaki meva ichidagi donachalardan tashqari qattiq po`stloq ham foydali ekanligini yana bir karra eslatib o`tmoqchimiz. Anor po`sti stafilakokk hamda antibiotiklar bilan davolanadigan bir qancha infeksiyalarga qarshi davo vositasi sanaladi. Ammo biz uni diareyaga qarshi vosita sifatida yaxshi bilamiz. Anor po`sti hamda novvot qaynatmasi ich ketishiga qarshi ishonchli vositadir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1