1

“Nega fuqarolik pasportini berishmayapti?”

Erkin minbar 15.01.2018, 11:48
“Nega fuqarolik pasportini berishmayapti?”

“1975 yil Qirg`iziston Respublikasida tug`ilganman. 1992 yil Andijon shahridagi o`quv muassasasida o`qidim, shu erda ishladim, turmushga chiqdim, farzandli bo`ldim. Men o`zimni to`laqonli O`zbekiston fuqarosi deb hisoblayman. Bundan juda faxrlanaman, ammo saylash, saylanish huquqiga ega emasman. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yaratilayotgan imkoniyatlardan xabar topgach, IIB Pasport bo`limiga kerakli hujjatlarni topshirdim. Ushbu bo`lim xodimlari hali pasport ololmasligimni aytishmoqda.”

Fuqaroligi bo`lmagan shaxs, Pozilova Nasiba Saydalievnaning O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish masalasida amaliy yordam so`rab yo`llagan murojaatiga IIV Migrasiya fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarma boshlig`i B.Shorixsiev quyidagicha izoh berdi:

— Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan o`rna­til­gan tartibda ko`rib chiqildi.

Ma`lum qilamizki, N.Pozilovani O`zbekiston Res­pub­likasi fuqaroligini qabul qilish bo`yicha to`plagan hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabr kunidagi “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog`liq masalalarini ko`rib chiqish tartibi to`g`risida”gi PF-500 sonli Farmonining II-bob, “a” bo`lim, 5-bandiga asosan, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqilmoqda.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi Qonunining 40-moddasida Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni ko`rib chiqish muddati bir yil, deb ko`rsatib o`tilganligini ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1