1

Mandarin bronxial astmadan xalos etadi

Salomatlik 15.01.2018, 09:56
Mandarin bronxial astmadan xalos etadi

Sersuv, shirali va ajoyib mandarin ko`pdan buyon xalq tabobatida shifobaxsh meva sifatida tanilgan. Quvonch hadya etuvchi mazkur meva salomatligimiz uchun juda foydali. Chunki unda etarlicha fitonsid moddalari mavjud. Yuqori darajada saqlanayotgan vitamin va organik kislotalar mandarinning foydali ta`sirini kuchaytiradi.


Mandarin sharbati oshqozonda hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi, ko`z xiralashuvining oldini oladi va quvvat darajasi bilan go`shtga tenglashadi.

TARKIBI


Mandarin tarkibida quvvatlantiruvchi S, raxitga qarshi shifobaxshlik xususiyatiga ega bo`lgan D va tanadagi qon tomirlariga elastiklik baxsh etuvchi K vitaminlari bor. Bundan tashqari, unda R, V1, V2, A vitaminlari ham etarlicha saqlanadi. Mandarin shiradorligi bilan parhezbop mevalar sirasiga kiradi.

Mandarinning 100 grammida 45 kall mavjud. Mevasida esa 89,7 foiz suv hamda 7,6-12 foiz qand bor.


BRONXIAL ASTMADA…
Mandarindan astma va bronxlardagi kasalliklarga qarshi foydalaniladi. Unda ko`p miqdorda sinefrin atalmish fenolik aminokislotasi bor. Organizmdagi shilliq pardani tozalash uchun mandarin sharbatidan foydalanish lozim. Buning uchun har tong 1 stakandan mandarin sharbati ichsangiz, kifoya. Antiseptik xususiyatga ega mandarin virus va infeksiyalarga qarshi kurasha oladi. Agar farzandingiz shamollab, tana harorati ko`tarilsa, mandarin sharbatini iliq holda uning butun tanasiga surtib chiqing. Bu muolajadan so`ng uning harorati tez tushadi.

IChAK PARAZITLARIGA QARShI

Mandarin sharbati yordamida gijjalardan batamom xalos bo`lish mumkin. Sharbat juda shiradorligi sabab ichak devorlaridagi parazitlar ajralib, mandarin sharbatiga yopishadi va uning yordamida tashqariga chiqib ketadi.

PO`ChOG`I IShTAHANI OChADI
Mandarin po`stidagi xushbo`y hidning asosiy sababchisi uning tarkibidagi efir moyi. Mazkur meva quyoshsevar bo`lgani bois oftobning issiq taftida to`laligicha darmon doriga aylanadi. Mandarin tarkibidagi efir
moyida limonen, sitral, aldegid, spirt, metilli efir va antranil kislotalari saqlanadi. Shu komponentlar birlashib, mandarin mevasi, moyi, barg va novdalariga o`ziga xos xushbo`y ifor baxsh etadi.

QAND MIQDORINI KAMAYTIRISh UChUN…
Qandli diabetga qarshi mandarin po`sti qaynatmasi eng ishonchli darmon dori. Buning uchun 3 dona mandarin po`stini 1 litr suvga solib, 10 daqiqa qaynating. Tayyor bo`lgach muzlatkichga qo`ying. So`ng kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 0, 5 stakandan iching.

TERI KASALLIKLARIDA

Teri kasallanib, har xil yallig`lanishlar yuzaga chiqsa, mandarin po`stidan tayyorlangan qaynatma bilan chayish, sharbatidan surtish va mevasidan eb turish buyuriladi. Zamburug`lar tufayli yuzaga keladigan bunday kasalliklarni engishda mandarindan o`tadigani yo`q.

QAChON MUMKIN EMAS?
Mandarinning zararli tomonlari ham bor, ya`ni u oshqozon-ichak shilliq pardasida yallig`lanish keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Shuning uchun mandarin va uning sharbati oshqozonida yarasi bor, o`n ikki barmoqli ichagida yallig`lanish hamda gastrit kasalligi bilan og`rigan kishilarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, uni xolesistit, gepatit va surunkali nefrit bilan kasallanganlarga ham buyurib bo`lmaydi.

KOSMETOLOGIYaDA…
Mandarin moyidan kosmetologiyada juda keng foydalaniladi. Bu moy barcha turdagi teriga mos keladi. U ayniqsa, ajinlarni yo`qotishda samarali natija beradi. Bundan tashqari, yuzda husnbuzardan qolgan g`adir-budurlik, issiqlik va chechak kasalidan qolgan chandiqlarni ham yo`qotadi. Buning uchun kechasi yotishdan 30 daqiqa oldin mandarin sharbatini yangitdan tayyorlab, yuzingizga surting va 15-20 daqiqa ushlab turgach, iliq suvda chaying.

Yapon olimlarining aniqlashicha, mandarinni doimiy iste`mol qilib yuruvchi kishilar organizmida xolesterinning kamayishi ularni yurak-qon tomirlari va ateroskleroz kasalliklaridan himoya qilgan.

Internet materiallari asosida Sevara Nishonova tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1