1

Uyquchiligingiz yuz-ko`zingizdan ayon bo`lmasligi uchun…

SUG'DIYONA 12.01.2018, 09:56
Uyquchiligingiz yuz-ko`zingizdan ayon bo`lmasligi uchun…

Ba`zida shirin uyqudan uyg`onib, ko`zguga qarasak, tashqi ko`rinishimizdan hafsalamiz pir bo`ladi. Chunki yuzlarimiz shishgan, go`yoki kamida 5 kg. semirgandekmiz. Mana shu shishlarning oldini olish va tez bartaraf etish yo`llari bilan tanishtiramiz. Agar bu shishlar buyrak xastaliklari bilan bog`liq bo`lsa, shifokorga uchrashishni unutmang.

  • Sizda doim uyqudan keyin shishish kuzatilsa, har kun 2–4 ta olma eyishni odat qiling. Ovqat hazm qilish jarayonining yaxshilanishi, ishtahangizning karnay otmasligi va to`lishib ketmasligingizni bonus sifatida qabul qiling.
  • Ertalab va kechquran petrushka ko`katidan iste`mol qilish ham shishlarning ta`bingizni xira qilishiga nuqta qo`yadi.
  • Ertalab nonushtaga tuzsiz, dimlab pishirilgan grechixa ham ayni muddao.
  • O`rik qoqi ham eng maqbul variant bo`lib, tanamizda yig`ilib qolgan ortiqcha suyuqlikdan sizni xalos etadi. Turshakdan sharbat qaynatib ichish 1–2 soatga bormay shishlardan asar qolmasligini ta`minlasa, bu mahsulotni choyga sherik qilish ham salomatlik, ham qomatga koni foyda.
  • Bodringni ezib, sharbatini ichish ham bu muammongiz bilan samarali kurash olib boradi.
  • Qizil bulg`or qalampirini xomligicha esangiz, chiroyli ko`rinishingizga soya solib turgan tanangizdagi ortiqcha suyuqlik sizni tezda tark etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1