1

Nimaga yoshimiz ulg`aygani sari vaqt tez o`tib ketgandek tuyuladi?

Salomatlik 12.01.2018, 00:43
Nimaga yoshimiz ulg`aygani sari vaqt tez o`tib ketgandek tuyuladi?

So`nggi yil avvalgilariga qaraganda tez o`tib ketganday tuyuladimi? Bu savol anchadan beri ko`pchilikni qiziqtirib keladi. Biz buni izohlashga harakat qildik.

surat: 1 yoshga to`lganingizda, bu umringizning 100 % ni tashkil etadi. 50 yoshga to`lganingizda esa, 1 yil umringizning 50/1 qismini tashkil etadi.

Bu interfaol ko`rsatkich orqali yillar o`tgan sari vaqtni idrok qilishimiz tobora o`zgarib borishiga amin bo`lamiz. Yillar bizning nazarimizda juda tez o`tib ketganday tuyuladi. Bu ko`rsatkich, yashab o`tgan umrimiz bizning “absolyut” vaqtimiz bilan tenglashganini ko`rsatadi.

50 yoshga to`lganingizda, 1 yil umringizning 2 %ni tashkil etadi.

Vaqt va pul ikki xil narsa bo`lsa-da, insonlar ularni juda qadrlashadi. Ba`zilar esa vaqtning o`zi pul, deydi.

Bu interfaol ko`rsatkichni BMW dizayni bo`yicha maslahatchi avstriyalik Maksimilian Kiner (Maximilian Kiener), faylasuf Pol Janening fikriga asoslanib yaratgan.

Buni sodda qilib tushuntiradigan bo`lsak, 10 yoshli bolaga 1 yil umrining 10/1 qismidek, 50 yoshli odamga esa 50/1 qismidek tuyuladi. Bola endigina 1 oylik bo`lganida hafta umrining chorak qismini tashkil etadi. Agar bola 14 yoshda bo`lsa, 1 yil uning umrining 7 foizini tashkil etadi va bu unga uzoq vaqtday tuyuladi. 30 yoshga to`lganda esa, hafta umrning juda qisqa davrini ichiga olsa, 50 yoshda esa 2 foizini o`z ichiga olib, insonda vaqt tez o`tayotganday taassurot uyg`otadi.

Agar 90 yoshga kirgan bo`lsangiz, 1,01 foiz umringiz qolgan.

Vaqtning bunchalik qadrsizlanishini kim bilibdi deysiz?

Boshqacha qilib aytganda, qanchalik uzoq yashasak, bir yil umrimizga mutanosib ravishda qisqarib boraveradi.

Agar vaqtning, yilning o`tgan yilga nisbatan tez, zuvillab o`tib ketayotganidan hayron bo`lsangiz, demak yoshingiz ulg`aymoqda. Shuning uchun har bir baxtli lahzalardan lazzatlanib yashang, chunki kelasi yili bunday quvonch shiddatli ravishda tez o`tib ketadi. Bunga amin bo`lish uchun interfaol ko`rsatkichdan foydalanishingiz mumkin.




Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1