1

Soch to`kilganda niqoblardan to`јri foydalanish usullari

SUG'DIYONA 11.01.2018, 10:54
Soch to`kilganda niqoblardan to`јri foydalanish usullari

Ko`pchilik sochlar to`kilishiga qarshi uy sharoitida niqoblardan foydalanadi. Ammo ularning samaradorligini ta`minlovchi oddiy omillarni unutib qo`yamiz. Sizga berayotgan tavsiyalarimiz niqoblarning yanada foydali bo`lishini ta`minlaydi. Demak, diqqat qilamiz.

  • Soch to`kilishiga qarshi niqoblarni 1 kurs davomida 8-12 marta qo`llash shart. So`ngra 2 hafta o`tib, yana muolajani takrorlash lozim.
  • 1 haftada 2-3 marta sochlarga niqob surtish mumkin.
  • Tez va yaxshi samaraga erishish uchun har xil niqoblarni tez-tez o`zgartirib turish tavsiya etiladi. Masalan, bugun xantalli aralashmani sochga surtsangiz, bir kundan so`ng piyozlisidan foydalaning.
  • Xantal, qalampir, dolchinli niqoblar tarkibidagi ushbu mahsulotlarni birinchi marta reseptdagi miqdorining yarmini qo`llang, ikkinchi gal birinchisiga nisbatan ko`proq miqdorda ishlating.
  • Niqob surtilgan sochlarni yuvgach, 2-3 soat ichida ko`chaga chiqmaslik maqsadga muvofiq. Chunki ularning ta`sir qilish jarayoni hamon davom etayotgan bo`ladi.
  • Niqoblardan foydalanayotgan muddat davomida sochni mustahkamlovchi vitaminlar qabul qilishni unutmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1