1

“ERIM TO`LAYoTGAN ALIMENT PULI BIR KILO GO`ShTGA HAM ETMAYDI”

Erkin minbar 09.01.2018, 17:12
“ERIM TO`LAYoTGAN ALIMENT PULI BIR KILO GO`ShTGA HAM ETMAYDI”

Surxondaryo viloyati Angor tumani "Madaniyat" mahallasida yashovchi fuqaro Nodira Shobirovaga farzandi uchun Fuqarolik ishlari bo`yicha Sherobod tumanlararo sudining buyrug`iga asosan sobiq turmush o`rtog`i Egamberdi Jalgashov 2008 yil aprel oyidan buyon oyiga 20 000 so`mdan, 2017 yilga kelib 25 000 so`mdan aliment to`lab kelgan. "Bu pulga hech bo`lmaganda bir kilo go`sht ham bermaydi-ku, sobiq erim hech qaerda ishlamasa-da, har yili Rossiyada ishlab keladi", deydi maktubida N.Shobirova. Shuningdek, farzandiga aliment pulini berishda o`rtacha oylik ish haqi miqdorida undirilib berishda amaliy yordam so`ragan.


U.AShUROV, Majburiy ijro byurosining Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar hujjatlarini ijro etish bo`limi boshlig`i:

— Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo sudining 2008 yil 1 aprel kungi qarzdor E.Jalgashevdan undiruvchi N.Shobirovaning foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Sherobod tumani bo`limi ish yurituvida mavjud.

Qarzdorning mol-mulklarini aniqlashtirish maqsadida vakolatli tashkilotlarga so`rovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlariga ko`ra uning nomida mol-mulklar mavjud emasligi aniqlangan.

Davlat ijrochisining tegishli qaroriga asosan qarzdorning O`zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Murojaatni ko`rib chiqish jarayonida qarzdor noma`lum tarafga ketganligi aniqlanib, unga nisbatan 2017 yil 2 oktyabr kuni "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida"gi Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e`lon qilish to`g`risida qaror qabul qilingan hamda ijrosini ta`minlash uchun Angor tumani IIBga yuborilgan.

Shu bilan birga, qarzdorning yaqin qarindoshlari tomonidan aliment bo`yicha qarzdorlikni qoplash uchun to`langan 400,0 ming so`m pul mablag`lari 14.11.2017 yilda undiruvchining yashash manziliga yuborilishi ta`minlandi.

Kelgusidagi ijro harakatlari qidiruv natijasiga ko`ra davom ettiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1