APELSINLI TORT

SUG'DIYONA 09.01.2018, 15:48
APELSINLI TORT

Yangi reseptlarni o`rganamiz!

Zarur masalliqlar: 100 gr. sariyog`, 90 gr. shakar, 75 gr. shakar, 50 grammdan yong`oq va bodom tolqoni, 2 donadan apelsin mevasi va tuxum, 2 osh qoshiq un, 1,5 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich.

Tayyorlanishi: 1. Apelsinni aylana shaklda yupqalab to`g`rang. Shakarga 30 ml. suv qo`shib, qaynatishga qo`ying. Aralashtirib turishni unutmang. Shakar erigach, apelsin bo`laklarini solasiz-da, 10 daqiqa past olovda qoldirasiz. Aralashtirish mumkin.

2. Xona haroratida yumshatilgan sariyog` va shakarni mikser yordamida ko`pirtirib, tuxum qo`shing-da, aralashtirishda davom eting.

3. Bodom va yong`oq tolqonini solib, un va xamiryumshatgichni ham soling. Oxirida smetanani ham solamiz.

4. Pishiriq qog`ozi joylangan qolipga avval apelsinli qiyomni, keyin ustidan tayyor xamirni ham solasiz. Qolip atrofini folga bilan o`rab qo`ying. Shunda qiyom oqib chiqmaydi. Tortimiz 160 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi.

1 soatu 25 daqiqa

6 kishilik

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1