1

JUFTINGIZ BILAN JANJALLAR NIMANI ANGLATADI?

SUG'DIYONA 09.01.2018, 15:20
JUFTINGIZ BILAN JANJALLAR NIMANI ANGLATADI?

Yaqinlar bilan janjalllashish, aslida, qiyin sinov – oyog`ingizda mustaµkam turolmay qolasiz, muvozanatni yo`qotasiz, kuchingiz qolmagandek bo`ladi. Ammo nizolarning ijobiy tomoni µam bor: muammoni anglab, uni µal qilishga yo`l ochadi. Urishmay yurishning yomon tarafi esa – muammolar µaqida gapirmaslik natijasida kimningdir sabr kosasi to`ladi-yu, «portlash» yuz beradi . Quyidagi testni echib, er-xotin orangizdagi munosabatlar qanday ekanini bilib olasiz.

1. Juftingiz kelgusidagi rejalarini muhokama qilishdan bosh tortyapti, siz esa hamma narsaga avvaldan tayyorlanish kerak deb hisoblaysiz. Shunday holatda siz:

A) Qaynonangizni ishga solasiz. Gap orasida “Siz nima deysiz, oyijon?” deb qo`yasiz.

B) O`tgan safardagidek shu tufayli janjallashmaysiz.

V) Bir-ikki ilmoqli gaplar tashlab turasiz.

G) Indamay kutasiz, qani kim birinchi sukutni buzarkin?


2. Qarindosh-urug`lar davrasida o`tiribsiz. Turmush o`rtog`ingiz sizga so`z aytgani bermayapti, nuqul gapingizni bo`lyapti, o`rningizga javob beryapti, xuddi ustingizdan kulgandek muomala qilyapti. Siz:

A) Unga yoqimsiz savol berib, qo`qqisdan xujum qilasiz.

B) Bunday vaziyat sizga yoqmasa ham, suhbatda ishtirok etaverasiz.

V) “Ovqatingiz sovib qoldi, dadasi” deb gapini bo`lasiz.

G) Chetga chaqirib, uni o`zini bunday tutayotgani sizga yoqmayotganini tushuntirasiz.

3. Dam olish kunldari toqqa chiqishni rejalashtirdingiz, ammo sayohatga ketishdan bir kun avval u ishi ko`pligi tufayli safarni bekor qiladi. Siz:

A) U fikrini o`zgartirmagunicha ta`ana-nadomatlarni yog`diraverasiz.

B) Xafa bo`lib, indamay, jomadonlarni bo`shatishga tushasiz.

V) Safar bekor qilinishning asl sababini so`raysiz.

G) Jahlingiz chiqib, bir hafta davomida u bilan gaplashmay yurasiz.


4. Eringiz cho`milib chiqqanidan keyin vannaxona qarab bo`lmaydigan ahvolga kelgan. Siz:

A) Hech narsaga tegmaysiz, o`zi aybini tushunib etmagunicha kutasiz.

B) Indamay ortidan yig`ishtirib qo`yasiz. Keyingi safar farosatliroq bo`lishiga umid qilasiz.

V) Eshikka qog`oz yopishtirib, “Ortingizdan yig`ishtirib qo`yganingiz uchun rahmat” deb yozib qo`yasiz.

G) Boshqa bunday holat takrorlanmasligi uchun janjal ko`tarasiz.


5. Xo`jayin bozor qilib kelibdilar-u, ammo siz yoqtirgan choydan xarid qilish yodlaridan ko`tarilibdi. Siz:

A) Javrayverasiz, oxiri do`konga borib, shu choyingizni olib kelib beradi.

B) Mayli deb, qahva ichib qo`ya qolasiz.

V) Choy olib kelmaganini aytasiz.

G) Keyingi safar o`zingiz do`konga chiqqaningizda ataylab u yoqtirgan shirinlikni xarid qilmaysiz.

6. U bilan biror joyda uchrashishingiz kerak bo`lsa odatda...

A) Ertaroq kelib olasiz.

B) Vaqtiga etib kelasiz.

V) Sharoitga qarab.

G) Kech qolaman.


7. Haqiqatni bilish uchun alday olasizmi?

A) Yoringizning aybini fosh qilish uchun qo`llashingiz mumkin.

B) Yo`q, bunday ishni eplolmaysiz.

V) Faqat o`ta zarur vaziyatda.

G) Albatta, tez-tez bu usuldan foydalanasiz.


8. Birgalikda kinoteatrga borishni qanday tashkil etasizlar?

A)Shunday yo`l tutumanki, erim qaysi filmni tomosha qilishni o`zi tanlagandek bo`ladi.

B) U kishim nima desalar, shu.

V) Ko`pincha o`zingiz tanlaysiz, ba`zan birga.

G) Faqat o`zingizga yoqqan filmgagina borasiz.


9. Ertalab biroz tortishib qoldingiz. Siz:

A) Bu tortishuvni yoringizda ancha payt eslatib yurasiz.

B) Kayftiyangiz tushib, uning qo`ng`irog`i yoki SMSini kutasiz.

V) O`zingiz SMS jo`nattasiz: mayda-chuydalar deb yosh bolalar kabi arazlashib yurmaysiz.

G) Haqligingizni isbotlashni davom ettirasiz.


11. Yoringiz sizning qaerga borishingizni GPS orqali tekshiradi.

A) Siz ham uning har qadamini tekshirasiz.

B) Buning nimasi yomon?

V) Bu holat kulgingizni keltiradi.

G) Asabingiz buziladi.


11. Siz ko`proq shundan qo`rqasiz:

A) Birovlarnining ko`ziga yomonko`rinishdan.

B) Yolg`iz qolishdan.

V) Mavhumlikdan.

G) O`ziligingizni yo`qotishdan.


12. Nizo yuzaga kelayotganini sezsangiz...

A) Xursand bo`lasiz: hamisha juftingizni o`zingiz gij-gijlab turasiz-da.

B) Mavzuni o`zgartirishga harakat qilasiz.

V) Oldindan nimani bilan tugashini bilasiz.

G) Bor kuchingiz bilan urushga tayyorlansiz. Har doimgidek.


14. Eringizning ta`na-dashnomlariga qanday javob berasiz?

A) Uning ham ayblarini yuziga solasiz.

B) Hazilga burishga hakarakat qilasiz.

V) Muammoning mohiyatini tushunishga urinasiz.

G) Qarshi jangga o`tasiz.


15. Qaysi gap sizga xos?

A) «Siz hamisha haqsiz, men aybdorman!»

B) “Iltimos, dadasi, keling, urishmaylik!”

V) “Men urishmayapman, tushuntiryapman xolos!”

G) “Bu sizning aybingiz!”


16. Agar sizga nimadir yoqmasa, siz:

A) Hech to`g`risini gapira qolmaysiz, gapni aylantiraverasiz.

B) To`polon chiqarmaslikka harakat qilasiz.

V) Bu haqida gapirishdan cho`chimaysiz: yaxshisi, muammoni joyida hal qilgan ma`qul.

G) Avvalo o`z manfaatingizni o`ylaysiz.


17. Restornada siz uchun engmuhimi:

A) Tashqi ko`rinishi, shinamligi va dizayni.

B) Bo`sh joy bo`lsa kifoya.

V) Eng zo`r taomini totib ko`rish.

G) Eng chiroyli joyda o`tirib, eng tansiq taomlardan tanovul qilish.


18. Turmush o`rtog`ingiz bilan janjaldan so`ng:

A) Uzoq vaqt xafa bo`lib, bo`lgan voqea haqida ko`p o`ylaysiz.

B) Ta`bingiz xira bo`ladi: bir kuningiz barbod bo`ldi.

V) Yarashish uchun qadam tashlaysiz.

G) O`zingizni haq deb hisoblaysiz.


19. Agar kutilmaganda begingiz biror joyga borishni taklif qilib qolsa, siz, odatda, quyidagicha javob berasiz:

A) «Keling, shuni keyinroq gaplashaylik.”

B) “Xo`p bo`ladi, dadasi.”

V) “Mayli, borsak, bora qolamiz.”

G) “Yo`q, oldindan ogohlantirib qo`yish kerak edi.”


Qaysi savolga ko`proq tasdiq bilan javob bergan bo`lsangiz, shu javobda janjallaringiz sababini topasiz.

A. Manipulyator

Siz juftingizni esankiratib qo`yish payida yurasiz hamisha. Balki bu sizga qiziq tuyular, balki bunga bir o`yindek qararsiz. O`zingiz nizoli vaziyatni keltirib chiqarasiz-da, keyin “nega meni bunday ezaverasiz? Men sizga nima yomonlik qildim?” deb hayron bo`lasiz. Siz har qanday holatda yoringizni urush boshlaganlikda ayblab, o`zingizni nochor qurbonga chiqara olasiz.

B. Chap beruvchi

Oilangini himoya qilish, turmushingizni asrab qolish maqsadida imkon qadar urushmaslikka harakat qiqlasiz. O`rtangizda tanglik yuzaga kelganida ham, mavzuni o`zgartirib, xafa bo`lganingizni bildirmaysiz. Eringizning gapiga qarshi chiqqandan ko`ra, uning gaplariga qo`shilib qo`ya qolish sizga osonroq. Kelishmovchiliklar munosabatlaringizga ta`sir ko`rsatib, orangizdagi mehr-muhabbatni yo`q qilib yuborishidan cho`chiysiz.

V. Mulohazakor

Aksariyat hollarda sizni qiynayotgan muammoni aytib, muhokama qilib, uni hal qilishga harakat qilasiz. Arzimagan narsalarga urishmaysiz, mayda-chuydalarga xafa ham bo`lavermaysiz. Janjalni yoqtirmasligingiz aniq, ammo ular ham ba`zan kerak bo`lib turishini unutmang.

S. Janjalkash

Janjal siz uchun muloqotning oddiy shakli bo`lib qolgan, munosabatlaringiz esa partizanlar urushini eslatadi. Siz ham, juftingiz ham, o`zingizni haq deb bilishingiz oqibatida kelishmoviliklar kelib chqaeradi. Kim do`konga chiqib keladi, qaerga dam olishga boramiz, ta`mirlash ishlarini nimadan boshlaymiz – birgalikda qabul qilinishi kerak bo`lgan barcha qarorlarning muokamasi ur-to`polon bilan yakunlanadi. Hech narsada yon bosgingiz kelmaydi, hujum qilinishidan himoyalanib yashashga odatlangansiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1