1

OChLIK HISSINI ENGIShNING 9 USULI

SUG'DIYONA 09.01.2018, 11:16
OChLIK HISSINI ENGIShNING 9 USULI

Ko`pchilik bayramdan keyin parhez tutadi. Biroq to`laqonli to`yimli taomlardan butunlay voz kechish ham yaxshi emas. To`yib ovqatlanmaslik salomatlikka doir muammolariga sabab bo`ladi. Agar biror tadbir uchun ozishingiz juda zarur bo`lsa, unda quyidagi ochlik hissini engish borasidagi tavsiyalar aynan siz uchun.

1. Bir stakan suv iching

Ba`zan chanqoqlik ochlik bilan niqoblanadi. Ishoralar o`xshash bo`lgani sababli, biz istagimizni adashtirishimiz mumkin. Shuning uchun dastavval xona haroratidagi suvdan iching. Agar suvning o`zi og`irlik qilsa, unga limon yoki ra`nogul qo`shing. Kun bo`yi bir idishda suv olib yuring. Suyuqlik oshqozoningizni to`ldiradi va siz kamroq taom tanovul qilasiz.

2. Tishlarni tozalang

Bu ham sizni biroz bo`lsa-da, ochlik hissidan xalos etadi. Birinchidan ra`nogul hidi ishtahaning ochilishiga sabab bo`lgan boshqa hidlarni ketkizadi. Ikkinchidan, tish pastasi tarkibidagi lauretsulfat natriy uning ko`piklanishiga yordam beradi va shirinlik sezish reseptorlarni vaqtincha ishlatmaydi. Shu boisdan ham tish yuvilganidan so`ng taom iste`mol qilinsa, taxirroq tuyuladi.

3. Saqich chaynang

Agar tish sho`tkasi yoningizda bo`lmasa, muqobilidan, ya`ni saqichdan foydalaning. Rod Ayland universiteti olimlari bu usulning samaradorligini ham isbotlashdi. Tadqiqot chog`ida aniqlanishicha, ertalablari saqich chaynagan kishilar tushlik vaqtida 70 kilokaloriya kamroq taom tanovul qilgan. Inson saqich chaynaganida miyaga to`qlik hissi yuboriladi. Shu bilan biz tanamizni aldaymiz.

4. Sarimsoqpiyoz yoki zanjabil eng

Bu mahsulotlar, parhezshunoslarning fikricha, ochlik hissini kamaytiradi. Albatta, ish joyida sarimsoqpiyoz tanovul qilishning imkoni yo`q, biroq zanjabil ildizi solingan suvni ichish unchalik mashaqqatli ish emas. Ushbu ziravorning samarasi tajriba yo`li bilan isbotlangan. Kolumbiya universiteti o`tkazgan tadqiqotga binoan zanjabil ochlikni kamaytiradi va tanovul vaqtida to`yish hissini tezlashtiradi.

5. Yuguring

Navbatdagi taomlanish o`rniga yugurishga chiqing. Kardiomashg`ulotlar ochlik hissini biroz unutishga yordam beradi. Gap shundaki, ishtahaga grelin nomli gormon sabab bo`ladi. Aynan u miyaga iste`mol qilish ishorasini beradi. Amerikada o`tkazilgan yana bir tadqiqotda ma`lum bo`lishicha, yugurish vaqtida ushbu gormon ishlab chiqilishi kamayadi. Shu bois sport bilan shug`ullangandan so`ng, ishtaha bo`lmaydi.

6. Diqqatni boshqa narsalarga qarating

Odatda bizning muzlatich yoniga borib buterbrod tayyorlashimizga zerikish ham sabab bo`ladi. Shundan so`ng, serialni qo`yib, aslida tanamiz talab qilmagan narsani eb qo`yamiz. Shu sababli o`zingizni nima bilandir mashg`ul qilishga urining. Uyni yig`ishtirish, sayr qilish yoki do`konlarni aylanish. Asosiysi, bu sizning e`tiboringizni chalg`itsin. Agar biroz vaqtdan so`ng, ochlik hissini yoddan chiqarsangiz, demak bu haqiqatdan ham yolg`on ochlik ishorasini bo`lgan.

7. Ishtahani ochuvchi taomlardan chetlaning

Kimgadir ochqash uchun shunchaki ishtahani qo`zg`atuvchi tushlik yoki yangi konditerlik mahsulotining reklamasini ko`rishi kifoya qiladi. Mohirlik bilan montaj qilingan roliklarni tomosha qilar ekansiz, ochlik hissini uyg`otuvchi gormon ishga tushadi va natijada biz “ochqab qolamiz”.

8. Taomning mazali isi bilan cheklaning

Taomning hidi nafaqat ishtahani karnay qiladi, balki uni “o`ldiradi” ham. Olma, vanil, banan yoki ra`nogul hidi to`qliq hissini uyg`otadi. Olimlarning aniqlashicha, achchiq shokolad, aniqrog`i uning hidi ham shunday ta`sirga ega. Agar ochlik sizni doim ta`qib qilsa, irodangiz etmasa, yoningizda hidli shamlar yoki moy olib yuring.

9. Taom vaqtiga rioya eting

Parhezshunoslar kuniga 5–6 marta ovqatlanishni tavsiya etishadi. Ammo bu raqam tanangiz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda farqlanishi mumkin. Asosiysi — belgilangan jadvaldan chetga chiqmang va muhim taomlarni o`tkazib yubormang. O`shanda tanangiz shu tartibga o`rganadi va ochlik xurujlari ro`y bermaydi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1