1

«MADRID» SALATI — ISPANChA EGULIKKA NIMA DEYSIZ?

SUG'DIYONA 08.01.2018, 14:31
«MADRID» SALATI — ISPANChA EGULIKKA NIMA DEYSIZ?

Zarur masalliqlar: 100 gr. qaynatilgan mol go`shti, 2 ta tuzlangan bodring, bitta sabzi, 1 bosh piyoz, 4 osh qoshiq konservalangan ko`k no`xat, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 osh qoshiqdan ketchup va mayonez.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yarim halqa shaklida to`g`rab, 1 osh qoshiq qizdrilgan o`simlik yog`ida tillarangga kirguncha qovurib oling.

2. Endi qolgan yog`ni ham tovaga solib, somoncha shaklida to`g`ralgan sabzilarni 5 daqiqa qovuring.

3. Qaynatilgan mol go`shti va tuzlangan bodringni ham somoncha shaklida to`g`rab, qovurilgan sabzavotlarga qo`shing.

4. Konservalangan ko`k no`xatni ham solamiz.

5. Mayonez va ketchupga ozgina qaynatilgan suv qo`shib, qo`lbola sous tayyorlang-da, salat ustidan quying.

4 kishilik

25 daqiqa

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1