1

GO`ZAL QIYoFANGIZGA SOYa SOLUVChI 5 XATO

SUG'DIYONA 08.01.2018, 10:34
GO`ZAL QIYoFANGIZGA SOYa SOLUVChI 5 XATO

1-xato: oq-qora garderob. Albatta, bejirimgina qora ko`ylak, qora rangdagi shim, oppoq kofta — ular doim urfda! Biroq bor kiyim-boshingiz oq-qora rangdan iborat bo`lsa, obrazingiz zerikarli ko`rinishi turgan gap. Shunday ekan, qish demaymiz, bahorni kutmaymiz — rang-baranglikka chulg`anamiz!

2-xato: sumka, tufli, sharf va kamar, tasmalar bir xil rangda bo`lishi shart! Yo`q, allaqachon bu qoida o`z kuchini yo`qotgan. Faqat ularning ranglari bir-biriga yaqin bo`lishiga biroz e`tibor qaratsangiz bas!

3-xato: ortiqcha hashamga ne hojat? Bu erinchoqlarning bahonasi. To`g`ri, haddan ortiq ko`p aksessuarlar obrazingizga putur etkazadi, biroq ularning tamoman yo`qligi sizni xomushgina ko`rsatib qo`yadi-da. Stilistlarning fikricha, bir paytda uch xil aksessuardan foydalanish mumkin!

4-xato: tugmalarni bitta qoldirmay qadab olish. Ayrim liboslar va koftalarda tugmalarning barini qadab olish mumkin. Biroq yuqoridan 1–2 ta tugmani ochiq qoldirish ham chehrangizni ochadi.

5-xato: baland poshna liboslar uchun, kedalar esa jinsilarga mos! Doim ham emas! Buni bugun urf bilan yonma-yon yuruvchi ayollarga qarab ham anglagandirsiz. Qayiqcha shaklidagi tuflilari jinsi shimlar bilan biram yarashab turadiki... Past poshnali oyoq kiyimlarni ham bemalol ko`ylak bilan kiyish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1