1

QAHRATONDA JOZIBALI KO`RINISh SIRLARI

SUG'DIYONA 08.01.2018, 10:07
QAHRATONDA JOZIBALI KO`RINISh SIRLARI

Krem tanlash muµim!

Sovuq tushishi bilan yuzlariimz ozorlanadi. Kremlardan µam ayni sovuq kunlarda ko`proq foydalanamiz. Faqat tarkibidaE va D vitamini, avokado yog`i borlaridan ishlating. Agar yuz teringizda qizil yulduzchalar paydo bo`lsa, K vitaminli kremdan foydalanish tavsiya etiladi.

Pardoz-andoz quruq bo`lmasin!

Iloji boricha quruq pardoz vositalaridan foydalanmang. Yaxshisi, krem ko`rinishidagilarni ishlating, masalan, kremli yog`upa, quyuq qalam, krem tarkibli tenlar. Ko`chaga chiqishdan oldin esa nomiga upa surtib oling.

Spirt mumkinmas!

Qish kelishi bilan cho`milish uchun gel, skrablardan voz kechgan ma`qul. Yuz tozalash vositalarini esa albatta, tarkibida spirt bo`lmasligi aµamiyatli. Vaqti-vaqti bilan tanangizga, sochlaringizga efir yog`laridan surtib turishni µam unutmang.

Taomnomada gap ko`p

Baliq go`shti, yong`oq, zaytun va qovoq urug`i yog`i taomnomangizdan joy olsa, nur ustiga nur bo`ladi! Sitrus mevalar va ko`katlar tarkibidagi S vitamini µam organizmingiz uchun koni foyda bo`lib, go`zal ko`rinishni ta`minlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1