1

«YoRDAM BERING, XOTIRAM YoMONLAShAYaPTI...»

Salomatlik 06.01.2018, 10:11
«YoRDAM BERING, XOTIRAM YoMONLAShAYaPTI...»
Har narsaga bezovta bo`laverish, stress va asabiylashish xotiraning dushmani! Uni mustahkamlash uchun esa odam o`z hayoti va bajarayotgan ishidan mamnun bo`lishi kerak. Bugungi maqolamizda xotira asli nega pasayishi hamda nimalar yordamida uni tiklash mumkinligi haqida suhbatlashamiz.

Mutaxassis – shifokor-neyroxirurg Odilxon Usmonxonov

BIRINChI TEKShIRUV

20 soniya ichida ushbu jadvalga qarang-da, so`ng ustini yopib, xotirangizda qolgan raqamlarni qog`ozga tushiring. Agar 10 ta raqamni eslab qolgan bo`lsangiz, xotirangiz joyida. 5 tadan kam raqam eslab qolgan bo`lsangiz, xotirangiz pand berdi, hisob.

NIMA QILSAK BO`LADI?

Avvalo, hammayoqda – uydan tortib ishgacha tartib o`rnatish kerak. Kiyim javoni, yotoqxona va oshxona, ishdagi stol va hujjatlar hammasini joylab qo`yishga odatlaning. Atrofingizda tartib hukm sursa, bosh miyada ham hammasi joyiga tushadi. Keyin shifokorga borib, to`laqonli tekshiruvdan o`ting, qon tahlillari va to`g`ri tashhis xotira pasayishining asl sababini fosh etadi.

TAOMNOMA

Bosh miya yaxshi ishlashi uchun odam oqsil va antioksidantlarga boy mahsulotlar iste`mol qilishi kerak. Ular sirasiga: achchiq qora shokolad, erqalampir, olma, qo`rda pishgan kartoshka, dengiz karami, pishloq, baliq, yong`oq, banan va quruq mevalar kiradi.

SPORT BILAN DO`STLAShING!

Miya uchun yangi narsalarni o`rganish – yangi pishiriq, yangi xobbi, raqs harakatlari, umuman o`zingizni yangi sohada sinab ko`rish foydali. Olimlar xotira 60 dan keyin ham pand bermasligi uchun yoshlikdan sport bilan shug`ullanish, har kuni yarim soat davomida yugurish, hech bo`lmasa, ertalab 10 daqiqa davomida badantarbiya qilish zarur deyishadi.

YoD OLING

Xotirangiz kuchli bo`lishini istasangiz, oddiy harakatlar – kiyinish, cho`milish, kalit kabi kerakli narsalarni qidirishni ko`zni yumib bajaring. Bu ishni uddaladingizmi, asta-sekin uzun matnlarni yodlash, hatto avval qiyin bo`lgan raqamlarni eslab qolish ancha oson kechadi.

KUZATUVChAN BO`LING!

Transportda ketayotib, 2-3 odamni kuzating-da, boshqa joyga qarang. Ularning tashqi ko`rinishida nimalarni eslab qoldingiz, o`zingizdan so`rang. Bittasining shapkasi, ikkinchisining soch turmagi, uchinchisining poybzalining rangi bo`lishi mumkin. Xuddi shu mashqni yana 2-3 bekatdan keyin takrorlang. Ertasiga esa avtobusga chiqqanda kechagi odamning qiyofasini ko`z oldingizda gavdalantiring.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1