1

URFDAGI «MAKE-UP»NING 5 OLTIN QOIDASI

SUG'DIYONA 06.01.2018, 10:09
URFDAGI «MAKE-UP»NING 5 OLTIN QOIDASI

Moda juda injiq narsa. Aksiga olib faqat kiyim kechaklarga emas, pardoz-andozga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Axir obrazingiz to`kis bo`lishi uchun zamon bilan ham hisoblashishga to`g`ri keladi-da. Xo`sh 2018 yilda qanday pardoz ommalashadi? Bu haqda stilist Nasiba NURMATOVAdan bilib olamiz.

Xayr, konturing

Yil davomida pardoz-andozni joyiga qo`yib, Kuloyimdan qirolichaga aylangan «go`zal»lar sizni ham hayratga solganmidi? Yodingizda bo`lsa, pardozda yuzga to`q va och rangli vositalarni surtib, uni kichikroq yoki cho`zinchoqroq ko`rsatish urf bo`lgandi. Biroq tez ommalashgan narsa, tez nazardan qoladi deyishgani rost ko`rinadi. Demak, 2018 yilda yuzingizga uch qavat–qavat tonal krem surtishga majbur bo`lmaysiz. Chunki urfda tabiiylik! Terini tabiiy ko`rsatishda esa glitter (mayda dekorativ zar) yoki jilolanuvchi yog`upalar yordam beradi.

Uzun kipriklar

Do`kon rastalaridagi hajm beruvchi tushlar sotilib ketmasidan xarid qilishga ulgurib qoling. Bu yil qora tushdan zerikkanlarning omadi chopdi. Urfda ko`k va jigarranglari bo`lishi kutilmoqda. Bayramu tadbirlarda esa, albatta, ulama kipriklar yordamiga murojaat qiling. Bundan tashqari, hech ikkilanmay sovuq rangli tenlardan foydalanib ko`rsangiz ham bo`ladi. Masalan pushti, shaftoli rang, binafsharang har qanday ayolning ko`rkiga ko`r qo`shishga qodir.

Lablar

Bu alohida mavzu. Shu kungacha lab bo`yog`ining jilolanmaydigan turidan xarid qiling, deya maslahat bergan jahon stilistlari, endi labni kattaroq ko`rsatuvchi jilolanuvchi turlariga e`tibor qaratishni ta`kidlashmoqda. Ayniqsa, qizil va uning barcha tuslari o`ziga munosib e`tiborga sazavor bo`lishi kutilmoqda. Tajriba o`tkazishdan qo`rqmaydigan xonimlar esa olcharang va to`q qizildan ham foydalanishlari mumkin. Obraziga yangilik kiritishga shoshilmaydigan xonimlar pushti bo`yoqlarni sinab ko`rishlari tavsiya etiladi.

Qoshlar

Garchi bir necha yildan buyon qalin qoshlar aktualligini yo`qotmayotgan bo`lsa-da, tabiiy bo`lishi kerak ekan deb, ularni o`z holicha tashlab qo`ymang. Agar shaklini o`zgartirgingiz kelmasa, shunchaki, atrofidagi ortiqchalarini terib, chiroyli ko`rinishga keltiring. Qalam yoki qiya kesilgan chyotka bilan bo`yaganda qo`lingizni yuqoridan pastga qarab harakatlantirsangiz yanada tabiiy ko`rinish hosil bo`ladi.

Qovoqlar

Shu kungacha pastki kipriklarning asosini to`q qora qalam bilan bo`yab kelgan bo`lsangiz, endi bunday qilmang. Juda o`rganib qolganingizni bilamiz. Yaxshisi, pastki qovoqning teng o`rtasini belgilab, tashqi tomonga biroz qalam yurgizsangiz, kifoya. Faqat qalamingiz bilinar-bilinmas bo`lgani afzal. Ustki qovoqlarga tortiladigan chiziqlarni esa qalinroq bo`yashni mashq qilishni boshlayvering.

MAFTUNA tayyorladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1