1

YaNGI YILNI MUAMMOSIZ QARShI OLAMIZ!

Salomatlik 28.12.2017, 13:01
YaNGI YILNI MUAMMOSIZ QARShI OLAMIZ!

Bayram sanasi yaqinlashgani sayin hazm faoliyatini yaxshilovchi, og`riqsizlantiruvchi va ichaklarni tozalovchi xapdorilarni g`amlab qo`yayotgan bo`lsangiz, shoshilmang! Har eµtimolga qarshi, desangiz bosh ustiga, ammo organizmingiz imkoniyatlarini bila turib, «Bir kunlik bayram o`tadi–ketadi» qabilida ish ko`rishni rejalashtirayotgan bo`lsangiz, keyin attang qilib qolmang deymiz-da. Axir ayni bayram dasturxoni surunkali xastaliklarning bosh ko`tarishiga sabab bo`lishi mumkin. Xo`sh, sog`ligingiz pand berib qolishini istamaysizmi? Unda tavsiyalarimizga diqqat qiling!

Mutaxassis – oliy toifali shifokor-terapevt, Nodira HAMROEVA.

Diabetmisiz, spirtli ichimlik ichmang!

Qandli diabet bilan og`riganlar parµez naqadar muµim topshiriq ekanligini yaxshi bilishadi. Hatto, bir kunlik istisno µolatlari ham qimmatga tushishi mumkin-da. Demak, qonda qand miqdori ko`tarilib ketmasin desangiz, bayram dasturxonidagi quyidagi mahsulotlarga chalg`imang:

  • dudlangan go`sht, kolbasa, sho`r, achchiq va ziravorli eguliklar, konservalar;
  • yog`li go`sht va baliq;
  • oliy nav undan tayyorlangan, xamirturush qo`shilgan non va pishiriqlar;
  • do`kondan xarid qilingan sharbatlar, spirtli va gazli ichimliklar;
  • uzum, sitrus mevalar;
  • xamirli taomlar (norin, manti va.µ.k)

Dietologlar, tanovulni sabzavotli (mayonezsiz) salatlar bilan boshlashni tavsiya etishadi. Ular tarkibidagi kletchatka qorinni to`q tutib, ochlik µissini nari qiladi.

Tavsiya: diabet bilan kasallanganlar uchun limon sharbati, qaymoqli yogurt va o`simlik yog`i bilan ta`m berilgan salatlar ayni muddaodir.

Agar eguliklarga makkajo`xori va kartoshka qo`shilgan bo`lsa, oz miqdorda iste`mol qiling. Yog`siz go`sht va baliq zar qog`ozda yoxud bug`da tayyorlanishi lozim.

Insulin preparatini qabul qilsangiz, taomni oz-ozdan kichik porsiyalarda eng. Ora–chora o`rningizdan turib oyoqlar chigilini yozing, toza havoda sayr qiling. Hazm jarayoniga ko`maklashishni istasangiz bir dona kivini paraklab, tamaddi qilishingiz mumkin. Banan, ananas cheklovda bo`lmasa-da, mandarin va apelsin bilan o`ylab muomala qilganingiz ma`qul. Ikki tilim mandarin siz uchun etarli.

Yuragim-ey, deb qolmang tag`in...

Yurak qon–tomir kasalliklari bilan hµazillashish yaramaydi, buni yaxshi bilasiz-a? O`zingiz yoxud oila a`zolaringizdan birlarida shunday xastaliklar kuzatilsa, hatto, hech qanday bezovtalik yo`q deganingizda ham taomnomaga diqqat qiling. Eng asosiy talab dudlangan, sho`r va achchiq eguliklarni cheklashdir. Umuman iste`mol qilmang demaymiz, ammo me`yordan oshib ketmasin. Negaki, bu turdagi mahsulotlar organizmda suv to`plab, arterial qon bosimi ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Bordiyu ayni dam muolaja olayotgan bo`lsangiz, buyurilgan dori vositalarini o`z vaqtida qabul qilishni unutmang.

Tavsiya: yog`li go`sht qo`shilgan somsa µamda boshqa taom va eguliklar miqdori ortib ketmasin, ot go`shti aralashtirilgan norin esa likopchaning teng yarmida bo`lsa kifoya. Qazi, dudlangan go`sht va gazaklarga yaxshisi chalg`imang, qon bosimingiz o`yin qilmasin deymiz-da. Shirin ta`mli gazlangan ichimlik va sharbatlar ham taqiqda. Muolajalar yakunlanganiga bir necha hafta o`tgan bo`lsa, margarin qo`shib tayyorlangan pishiriqlarni iste`mol qilmang. Bayram torti-chi, deysizmi? Biskvitga ruxsat bor, faqat kremi ko`p bo`lmasin.

Oshqozonini og`irlashtirmang!

Nordon, achchiq va marinadlangan eguliklar me`da va o`n ikki barmoqli ichak yarasi bilan og`riganlar uchun muammoga aylanishi mumkin. Mayonezli salatlarni µam kamaytirishingizga to`g`ri keladi. Agar sizda gastrit aniqlangan bo`lsa, yog`li go`sht va baliqqa qo`l uzata ko`rmang. Juda dilingiz ketsa, yog`siz joyidan bir bo`lak totib ko`rsangiz kifoya. Yaqin kunlarda oshqozon xurujini boshdan o`tkazganlarga qo`ziqorin, konserva maµsulotlari va sarimsoqdan eµtiyot bo`lishlari aytiladi.

Tavsiya: tamaddini karam, sabzi va ko`katlar aralashmasidan iborat salat bilan boshlang, diqqat qiling, mayonezi bo`lmasin-a. So`ng suyuq taomlarga ixtiyor berishingiz mumkin, gazaklar o`rnida qaynatilgan go`sht yoki mol tilini iste`mol qiling. Agar dimlab pishirilgan parranda go`shtini iste`mol qilsangiz, yuzasini qoplab turgan qatlamni olib tashlang, ayni shu qismi oshqozonni ta`sirlantiradi. Gazlangan ichimliklar o`rniga olma sharbatini iching, quyqali turlari oshqozonning kislotali muhitiga ta`sir ko`rsatadi, yaxshisi tindirilganidan tanlang.

Buyrak xurujlaridan ehtiyot bo`ling!

Pielonefrit, buyrakda tosh, qum yoki tuz yig`ilishi aniqlanganda yoxud peshob taµlili surunkali shamollash alomatlarini ko`rsatganida, bayram dasturxonida oqsil maµsulotlari va tuz cheklanishi lozim. Tuxum, yog`siz go`sht, baliq ma`lum miqdordagina iste`mol qilinadi. Dudlangan baliq, marinadlangan qo`ziqorin, dukkakli o`simliklar, pishloq, yong`oq, tvorog, banan meva qoqilari man etiladi. Buyrak xurujlari bezovta qilsa, shokolad va qahvaga chalg`imang.

Tavsiya: tovuq go`shtidan yog`siz sho`rva va qattiq qovurilmagan quyuq taom, sabzavotli salatlar, mevalar, olma, sariyog`da tayyorlangan pishiriqlarni me`yorida iste`mol qilishingiz mumkin. Ichimlikka qora va ko`k choydan yaxshisi yo`q. Sharbatlar cheklanmagan ammo gazlangan ichimliklarni oshirib yubormang.

Allergiyaga moyilligingiz bormi?

«Ha» deyotgan bo`lsangiz, ishtaµangizni qulflashingizga to`g`ri keladi. Axir bayram dasturxoniga tortiladigan deyarli barcha maµsulotlar allergiya chaqirish xususiyatiga ega-da. Masalan, barchamiz sevib iste`mol qiladigan mandarin va apelsinni olaylik, ayrim kishilarning organizmi shu qadar sezuvchanki, bir tilim eganida ham darrov aks ta`sir ko`rsatadi. Allergiyaga qarshi biror preparatni qabul qilib, so`ng parhezdan chalg`ishni reja qilayotgan bo`lsangiz, ogoµlantirib qo`yyalik, iste`mol qilganingiz bir–ikki kun o`tib ham asorat berishi mumkin.

Tavsiya: asosiy «dushmaningiz» yong`oqlar, shokolad, ziravor qo`shilgan taomlar, ketchup, qaynatilgan tuxum, pomidor, qalampir, asal, qo`ziqorin, kakaoli pishiriqlardir. Tamaddi orasida ko`proq suyuqlik iching, bunda sizga ma`danli suv va quyqasiz sharbatlar tavsiya etiladi. Rang qo`shilgan gazlangan ichimliklarga yaxshisi qiyo ham boqmang.

Migreningiz bormi?

O`ta injiq kasalliklardan sanalgan shaqiqa (migren) xuruji kutilmaganda, asoratli kechishi va uzoq davom etishi mumkin. Boshning yarmida yuzaga keladigan og`riqdan boxabar bo`lganlar, iste`mol mahsulotlarining ta`sirini bilishadi, ammo gap bayram dasturxoni µaqida borganida «Bilganim foyda» qoidasi salgina unutiladi. Natijada esa... Keling, yaxshisi xastalik xurujlariga chap berish uchun qaysi maµsulotlardan eµtiyot bo`lish kerakligi bilan tanishsak. Demak bular, ko`p miqdorda eyilgan mandarin va apelsin, yong`oqlar, ziravor qo`shilgan qaylalar, oshirma xamirdan tayyorlangan pishiriqlar, qaµva va achchiq shokolad.

Tavsiya: bayram oqshomida sabzavotli salatlar (mayonez man etilmaydi), sutli shokolad, ta`m beruvchi qo`shimchalarsiz pishirilgan quyuq va suyuq taomlar, marinadlanmagan gazaklardan tamaddi qilishingiz mumkin. Spirtli ichimliklarga chalg`imang, quyqasiz sharbatlar va qora choy ayni sizbop.

Aralash-quralash emang!

Gazaklar bilan gazlangan ichimliklarni bir vaqtda iste`mol qilish oshqozonga og`irlik qilishi mumkin. Shuningdek, yog`li taomlar va kremli pishiriqlarni ketma-ket paqqos tushirish µam ichaklarni qiynab qo`yadi. Oqibati esa o`sha siz bilgan diareya, ya`ni ichketar. Bayram kuni oyog`ingizni qo`lingizga olib yugurgilamay desangiz, tamaddiga jiddiy qarang. Har bir tanovul orasida kamida 10-15 daqiqa bo`lsin. Bordi-yu qorin g`uldirashi, dam bo`lishi va boshqa bezovtaliklar boshlanganini sezsangiz, gazli ichimlik va sharbatlarni nari qiling-da, ma`danli suv iching. Qotirilgan non eyishingiz µam mumkin, kremli pishiriqlar, shirinliklarni bir muddat emay turasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1