1

ISTE`MOL SODASINING 3 TA FOYDALI XUSUSIYaTI

Salomatlik 25.12.2017, 19:02
ISTE`MOL SODASINING 3 TA FOYDALI XUSUSIYaTI

Iste`mol sodasi har bir xonadonda bor bo`lgan mahsulot. Uni uy bekalari asosan turli pishiriqlar pishirganda ishlatishadi. Bu ajoyib mahsulot salomatlik yoki uy-ro`zg`or ishlaridagi muammolarning arzon echimi bo`lishi mumkin. Iste`mol sodasini qo`llash borasidagi qimmatli tavsiyalarni quyida keltirib o`tamiz.

  1. Sutda eritilib, asal qo`shilgan 1 choy qoshiq soda — quruq yo`talni davolab, balg`am ajralib chiqishini yaxshilovchi shifobaxsh ichimlikdir. Yumshatish bilan birga, soda antiseptik xususiyatga ham ega bo`lib, tomoq og`riganda sodali suvda chayilsa, yaxshi natija beradi.
  2. Agar siz sutni xushlamasangiz, 1 litr qaynoq suvda 1 osh qoshiq sodani eritib, damlamadan to`yib nafas oling. Aralashmaga qarag`ay, evkalipt yoki rozmarin efir moylaridan qo`shsangiz, yana ham yaxshi samara beradi.
  3. Jig`ildon qaynashidan bir zumda xalos etuvchi ichimlikni tayyorlash uchun chorak qoshiq sodani yarim stakan suvda eritamiz. Soda oshqozondagi ortiqcha kislotani neytrallaydi. Bunday ichimlikni ichgach darrov engil tortasiz. Shuning uchun ham soda ko`p yillar davomida oshqozon yarasi kasalliklarida tez yordam vositasi bo`lgan. Biroq bunday usuldan tez-tez foydalanish teskari natijani berishi mumkin: kislota ajralib chiqishi ortadi. Shunday ekan, sodani boshqa davo vositalari bo`lmagan holdagina ishlatish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1