1

XORIJ KATALOGIDAN O`RIN OLGAN RIShTON MO``JIZALARI

Rekord 16.12.2017, 13:31
XORIJ KATALOGIDAN O`RIN OLGAN RIShTON MO``JIZALARI

Kulolchilikni o`rganish va o`qituvchisiga aytgan so`zining uddasidan chiqish uchun O`zbekiston xalq rassomiIbrohimjon Komilov va usta kulol Yo`ldoshali Ergashevga shogird tushib, oddiy loydan san`at asari yaratishning sir-asrorlarini o`rganishga kirishdi. Tez orada Nabijonning ishlari faqat ustozlargagina emas, xaridorlarga ham ma`qul bo`la boshladi. Hatto xorijlik san`at ishqibozlari u yasagan lagan, ko`za va boshqa ashyolarni ko`rgazma zallarida muntazam xarid qila boshladilar. Ayniqsa o`zbek chollarining kulib turgan qiyofalari aks etgan rang-barang haykalchalarda Nabijon akaning o`z imzosi bor edi. Farg`ona kulolchiligiga beqiyos hissa qo`shgan hunarmand o`zining mehnatsevarligi va qobiliyati tufayli tez orada tanildi. Hatto, 1999 yilda yosh va mashhur kulol Nabijon Qodirov haqida “Rishton mo``jizalari” nomli hujjatli film ham suratga olindi. Uning ishlari chet mamlakat­larda bo`ladigan ko`rgazmalar katalogiga kiritilganligi tufayli hunarmand turli mukofotlar olishga muvaffaq bo`ldi. Nabijon Qodirovga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 2001 yili 44 yoshida “O`zbekiston xalq ustasi” unvoni berildi.

Farg`onaning Rishtonida tug`ilib voya­ga etgan ko`p qirrali ijodkor Nabijon Qodirov 60 yoshga kirgan, desa ko`pchilik ishonmaydi. U tinib-tinchimas, kun davomida 3-4 joyda uchratsangiz ajablanmang. Chunki Nabijon aka faqatgina usta kulol bo`lib qolmay, yaxshigina ijodkor ham. Uning “Uch kunlik dunyo” dramasi o`n yillardan buyon teatr sahnasidan tushmay kelayotir. “Antiqa ixtiro” pesasi esa viloyat teatrlarida sahnalashtirildi. Dramaturgiyada qo`lidan ish kelishini isbotlagach, Nabijon Qodirov endi ssenariychi va kinodramaturgga aylandi. Shu bilan birga adabiy asarlarning ham muallifi bo`ldi.

Nabijon Qodirov to`lib-toshib yashaydi, tinimsiz izlanishda bo`ladi va o`z ijod namunalari bilan buyuk natijalarga erishadi.Bularning barida esa faqat bir narsani sabab qilib ko`rsatadi:

— Faxrlanarli hunarim — kulolchilikda asarlar yaratishda adabiyot va san`atning o`rni beqiyos. Men ulardan ilhomlanib, turli buyumlar yasayman. Barcha ijodiy ishlarimga va yuksak natijalarga erishishimga sabab — yaxshi insonlarning etagidan tutganimdir.

“Hunarli kishi xor bo`lmas”, deganlaridek, bugun Nabijon Qodirov o`zbek kulolchilik san`atining mashhur ustalaridan biri. Uni tanigan-bilgan rishtonliklarning bari “biz mashhur kulolning mahallasidanmiz, yurtidanmiz”, deb faxrlanib qo`yishadi. Ana shunday faxr-iftixor ijodkorimizga yangidan-yangi kuch va g`ayrat bag`ishlasa, ajabmas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1