1

O`zbekiston yagona to`qqiz xonali telefon raqamiga o`tishi ma`lum bo`ldi

Hi-tech 14.03.2014, 10:13
O`zbekiston yagona to`qqiz xonali telefon raqamiga o`tishi ma`lum bo`ldi

O`zbekiston kelajakda yagona to`qqiz xonali telefon raqami tizimiga o`tadi.

O`zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi tomonidan 2013 yil 26 dekabrda imzolangan va 2014 yil 10 yanvardan kuchga kirgan buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekiston telekommunikasiya tarmoqlari numerasiya tizimi va rejasi” boshqaruvchi hujjatida ko`zda tutilgan.

Avvalroq yurtimizning bir qator OAVlari “Bilayn” vakiliga tayangan holda mamlakat sakkiz xonali telefon numerasiya tizimiga o`tishi haqida xabarlar tarqatgan edi, biroq bu xaqiqatga zid.

Bu boradagi bosh hujjatni ishlab chiqqan UNICON.UZ ilmiy-texnikaviy va marketing tadqiqotlari markazining Aloqa va axborotlashtirish ilmiy-tadqiqot departamenti boshlig`i Asiljon Mirxabibovning so`zlariga tayangan holda “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, hujjatda yagona to`qqiz xonali numerasiyaga o`tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

“Yagona to`qqiz xonali numerasiya deyilganda, mamlakat bo`ylab istalgan qo`ng`iroqni amalga oshirish uchun to`qqiz belgidan iborat raqam teriladi. U mahalliy yoki shaharlararo, stasionar telefon yoki uyali aloqa telefonlaridan amalga oshirilayotgan qo`ng`iroq bo`larning barchasi hozirgi etti raqam o`rniga to`qqiz belgidan iborat raqam bilan teriladi”, – deydi departament boshlig`i.

Hozirgi vaqtda O`zbekistonda foydalanilayotgan hududlarning uch xonali numerasiyalari (masalan, Toshkent uchun 371, Xorazm viloyati uchun 362, mobil aloqa operatorlari uchun esa 59X) ikki xonali kodlar (mos ravishda – 71, 62 va 9X) bilan almashtiriladi va amaldagi etti xonali raqamlar bilan birga ishlatiladi.

Boshqacha aytganda, shahar telefon tarmog`i abonentiga qo`ng`iroq qilish uchun 71XXXXXXX, 62XXXXXXX va hokazo ko`rinishda, mobil operator abonentiga qo`ng`iroq qilish uchun esa 90XXXXXXX, 93XXXXXXX va hokazo ko`rinishda raqam teriladi. 12 sondan iborat telefon raqamlarining xalqaro formati esa avvalgidek o`z kuchini saqlab qoladi (masalan: 998-71-XXXXXXX, 998-93-XXXXXXX).

Barcha viloyatlar va operatorlar o`zlarining hudud kodlari numerasiyasi va identifikasiyasini saqlab qoladi. Faqatgina Navoiy viloyatiga yangi kod beriladi – viloyat amaldagi 436 kodi o`rniga 79ni oladi.

Bu tizimga avvalroq nima sababdan o`tilmaganini tushuntirar ekan, Mirxabibov avvalgi analog telefon tarmoqlarida bunday o`tishni amalga oshirib bo`lmasligini, hozirgi kunga kelib deyarli barcha telefon tarmoqlari raqamlashtirilgani va bunday o`tishga tayyorligini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1