1

BUGUN TOShKENT, FARG`ONA VA SAMARQAND ShAHARLARIDA GLOBAL TADBIRKORLIK HAFTALIGI BOShLANDI

Jamiyat 13.11.2017, 18:19
BUGUN  TOShKENT, FARG`ONA VA SAMARQAND ShAHARLARIDA GLOBAL TADBIRKORLIK HAFTALIGI BOShLANDI

O`zbekiston yoshlar ittifoqida mazkur haftalikning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Global tadbirkorlik haftaligi O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, tegishli tashkilotlar, tadbirkorlik sub`ektlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Global tadbirkorlik haftaligi – bu istiqbolli loyihalarni amaliyotda qo`llayotgan, tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga turtki beradigan loyihalarni ishlab chiqayotgan novatorlar va ish beruvchilarga mo`ljallangan xalqaro tadbir hisoblanadi. Bunday tadbirlar dunyoning 160 dan ziyod mamlakatida har yili an`anaviy o`tkazib kelinadi va biznesni rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqishda o`ziga xos platforma vazifasini o`taydi.

O`zbekistonda o`tkazilayotgan mazkur tadbirkorlik haftaligining ishchi dasturi tadbirkorlik uchun infratuzilma, istiqbolli harakatlarning rivojlanishi, biznes samaradorligi va taraqqiyoti, innovasiyalardan foydalanish, xotin-qizlar tadbirkorligi va investisiyalarni jalb etish kabi yo`nalishlarni qamrab oladi. Haftalik doirasida Rossiya, Gruziya, Singapur, Isroil, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan kelgan ishbilarmon doira vakillari o`z biznes tajribasi haqida so`zlab beradi.

Global haftalik doirasida mahalliy va chet ellik ishbilarmon doira vakillarining Samarqand va Farg`ona shaharlariga tashrifi rejalashtirilgan. Mutaxassislar ushbu yirik tadbir zamonaviy va xalqaro amaliyotlar uyg`unligida mamlakatimizda biznesni rivojlantirish borasida yangi takliflarni ishlab chiqish, ishbilarmonlikni taraqqiy ettirishga xizmat qiladigan chora-tadbirlarni rejalashtirishga katta imkoniyat yaratadi, deya baholamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1