1

ENG BALAND ChO`QQIGA QADALGAN VATAN BAYROG`I

Rekord 01.11.2017, 16:41
ENG BALAND ChO`QQIGA QADALGAN VATAN BAYROG`I

Nepal hududidagi Everest (Jomolungma) cho`qqisi sayyoramizning eng baland nuqtasi bo`lib, uning balandligi dengiz sathidan boshlab hisoblaganda 8848 metrni tashkil etadi.

Mazkur cho`qqini ilk bor 1953 yilning 29 mayida ingliz alpinistlari Tensing Norgey va Edmund Xillari zabt etishgan. Mustaqil O`zbekiston vakillaridan birinchi bo`lib bu yuksak cho`qqini 1998 yil 22 may kuni soat 16:45 da alpinistimiz Rustam Rajabov zabt etdi va u erga O`zbekiston bayrog`ini qadadi.

U bilan bir guruhda safarga otlangan hamyurtlarimiz Oleg Grigorev, Sergey Sokolov, Hanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, Marat Usayev, Aleksey Dokukin ham cho`qqiga ko`tarildilar. Zabtkorlarimiz bu g`alabani O`zbekiston Respublikasining 7 yillik bayramiga bag`ishladilar. Alpinistlar bu jasorati uchun Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Eslatib o`tamiz: vakillarimiz shu paytga qadar Markaziy Tyanshanning “Xontangri” (7010 metr), “G`alaba” (7439 metr), Fransiyadagi “Monblan” (4810 metr), Shimoliy Amerikadagi “Mak-Kinli” (6193 metr) cho`qqilari, shuningdek, Pomir, Tyanshan, Alyaska tog`laridagi eng baland nuqtalarni ham ko`plab marotaba zabt etib ulgurganlari buning yorqin tasdig`idir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1