1

Germaniyagacha velosipedda

Rekord 01.11.2017, 16:31
Germaniyagacha velosipedda

2006 yili Germaniyada bo`lib o`tgan Jahon chempionatiga velosipedda borgan va bu bilan o`ziga xos rekord o`rnatgan marg`ilonlik Akram Ma`rufjonov 2015 yilda 65 yoshida olamdan o`tdi. 2008 yilda Ma`rufjonov Germaniya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq darvozaboni Oliver Kanning xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etib, unga zarbof to`n va do`ppi kiydirgan, nevarasi uchun esa Kanning dastxati tushirilgan klub libosini esdalik sifatida qabul qilgandi. Ma`rufjonov Rossiyadagi JCh-2018 turniriga velosipedda borib, mundial o`tkaziladigan barcha shaharlarni kezib chiqmoqchi edi. Afsus... Kim bilsin, balki yurtdoshimizning bu rekordini yangilash istagida bo`lganlar muxlislarimiz orasidan topilib qolar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1